Turizm

Fargʻonadan Urganchga sayohatlar qayta tiklandi

Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fargʻonaliklarqayta yoʻlga qoʻyilgan yoʻnalishda Urganch, Xiva, Nukus hamda Moʻynoq shaharlarini sayohat qilmoqda.
TOSHKENT, 13may — Sputnik. “Fargʻona-Urganch-Fargʻona” yoʻnalishidagi aviaqatnov qayta yoʻlga qoʻyilgani munosabati bilan, fargʻonaliklar uchun Urganch, Xiva, Nukus hamda Moʻynoq shaharlariga sayyohat tashkil etildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Sayyohat “Vodiy sayyoh” turizm agentligi tomonidan tashkil etilgan. Sayyohlar guruhi 50 nafar oʻqituvchi va murabbiylardan iborat. Ular 6 kun davomida diqqatga sazovor joylar, muzeylar va boshqa obyektlarni tamosha qilishadi.
“Hozircha “Fargʻona-Urganch-Fargʻona” yoʻnalishidagi parvozlar haftaning chorshanba kunlari tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Kelgusida qatnovlar sonini koʻpaytirish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, “Fargʻona-Urganch-Fargʻona” yoʻnalishidagi aviaqatnov Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish hamda mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qayta yoʻlga qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0