G‘arb Ukrainada harbiy quvvatli o‘z kushandasini yaratdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRossiyskiy voyennoslujashiy v kolonne voyennoy texniki na shosse vozle granisi s Ukrainoy v Armanske
Rossiyskiy voyennoslujashiy v kolonne voyennoy texniki na shosse vozle granisi s Ukrainoy v Armanske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb bir xalqning ikki bo‘lagini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga qaror qilgani uchun, hali yuz marta pushaymon qilishga vaqt topadi.
Ukraina atrofidagi vaziyat G‘arb uchun tobora ziddiyatli va murakkab bo‘lib bormoqda. U bir vaqtda hatto “ikkita emas, balki undan ham ko‘proq stullarda o‘tirishga” majbur bo‘lmoqda.
Bir tomondan, Ukraina G‘arbning Rossiyaga qarshi kurashida asosiy vositaga aylagan va G‘arb Kiyevni faol qo‘llab-quvvatlashdan shunchaki bosh tortishi mumkin emas. Aks holda bu uning geosiyosiy mag‘lubiyatini tan olishni anglatadi. Amerikaliklar va yevropaliklar hozircha buni qabul qilishga tayyor emaslar.
Boshqa tomondan, g‘arb "lochinlari" o‘zlarining tajovuzkor siyosati bilan nafaqat Ukrainada, balki butun dunyoda keng ko‘lamli qarama-qarshiliklarni boshlamoqda, degan ovozlar tobora balandroq yangramoqda. Ularning xulosasiga ko‘ra, shu ketishda “qaytmas nuqtadan” o‘tish ehtimoli tobora oshib boradi va oxir-oqibat – voqealar rivojining yagona imkoni - yadroviy davlatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi bo‘lishi ham mumkin.
Vanihoyat bunday ovozlar eshitilganga o‘xshaydi. Har holda, so‘nggi paytlarda Amerika rasmiylarining keskinlikni biroz pasaytirish istagini ko‘rsatuvchi xabarlar tobora ko‘proq paydo bo‘lmoqda. Bunga The Washington Postda yaqinda paydo bo‘lgan AQShning Kiyevga yuqori martabali rossiyalik zobitlar qayerda ekanligi haqidagi razvedka ma’lumotlarini taqdim etishdan bosh tortgani haqidagi insaydi misol bo‘lishi mumkin. Davlat kotibi Entoni Blinkenning Xitoyga nisbatan o‘ta keskin ruhdagi nutqining so‘nggi daqiqada bekor qilinishi ham - yanada yaxshiroq misol bo‘la oladi. Oxir-oqibat, amerikaliklar Tayvanga nisbatan o‘z pozitsiyalarining o‘zgarmasligini e’lon qilib, butunlay ortga chekinishdi.
Va uchinchi tomondan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash G‘arbga, ayniqsa AQShga qimmatga tushmoqda va uning oqibatlari tobora kuchliroq sezilib bormoqda. Vashingtonning Kiyevga rejalashtirilgan 40 milliard dollarlik yordam paketi, albatta, sezilarli bo‘ladi, lekin hozir 2011-yildagi kabi vaziyat emas. O‘shanda Federal rezervning ishga tushgan bosma mashinkasi AQSh va Yevropa aholisi uchun hech qanday oqibatlarsiz istalgan natijani berardi. Iqtisodiyot endi bunday mas’uliyatsiz siyosatning xarajatlariga bardosh bera olmaydi va uni davom ettirish - fuqarolar tomonidan seziladi va G‘arb tizimining o‘z barqarorligiga zarar yetkazadi.
Sodir bo‘layotgan barcha salbiy o‘zgarishlarda “Putinning tajovuzkorligiga” to‘nkashga urinishlar - unchalik muvaffaqiyatli chiqmayapti – aksariyat amerikaliklar ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va ularning moliyaviy ahvoli yomonlashganida mamlakat rasmiylarini ayblamoqda. Bunday vaziyatda dunyoning narigi chekkasida joylashgan boshidan oxirigacha korrupsiyaga botgan mamlakatga ulkan mablag‘larni tikish – o‘z uyda kutilmagan ”suzprizlarga” olib kelishi mumkin. Ulardan birinchisi kecha sodir bo‘ldi - senator Rend Pol 40 milliardlik qonun loyihasini bloklab qo‘ydi. U dastlab mablag‘larning taqsimlanishini nazorat qiluvchi bosh inspektor tayinlanishini talab qildi va “AQSh iqtisodini halokatga uchratib, Ukrainani qutqara olmaymiz”, dedi.
Yana bir nozik muammo bor - G‘arbda qurol-yarog‘ va xususan, raketalar taqchilligi oshib bormoqda. Gap shundaki, Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurollar juda tez sarflanmoqda: Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, u yerda bir kunda deyarli bir haftalik norma sarflanmoqda. NATO omborlaridagi zahiralar tez tugab bormoqda Amerika harbiy-sanoat majmuasi korxonalari esa zavod quvvatlarining etishmasligi va oldingi davrda malakali kadrlarning yo‘qolishi tufayli ishlab chiqarishni kerakli sur’atlarga oshira olmadi. Yevropada esa vaziyat bundan ham yomonroq. Harbiy harakatlar esa tobora avj olib bormoqda. Ukraina armiyasiga eski sovet qurollari emas (ular aslida tugadi), balki G‘arbda ishlab chiqarilgan borgan sari og‘irroq va qimmat qurollarga talab oshib bormoqda.
Shu bilan birga, shuni esda tutish kerakki, Ukraina - global geosiyosiy partiyaning yo‘nalishlaridan biri xolos, AQShning asosiy sa’y-harakatlari hali ham Osiyo mintaqasiga va xususan Xitoyga qarshi qaratilgan. Oqibatda G‘arb haqiqatan ham boshi berk ko‘chaga kirib qolganga o‘xshaydi, garchi unga resurslar boshqa joyda ham juda kerak bo‘lib turgan vaqtda, u Ukrainaga tobora ko‘proq resurslarni sarflashga majbur bo‘lmoqda.
Shuning uchun u yerda NATO va Qo‘shma Shtatlarning ushbu mojaroda uzoq muddatli strategiya yakuniy maqsadi yo‘qligi tobora yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Shu bilan birga, ular o‘zlarining Ukraina mojarosidagi asl maqsadlarini tan olishda ham ikkiyuzlamachilik qilishmoqda.
Qo‘shma Shtatlar va Yevropaning Ukraina mojarosida aniq maqsadi bo‘lgan va hozir ham bor: Rossiyaga geosiyosiy mag‘lubiyat yetkazish. Bu maqsadga erishish strategiyasi ham juda aniq: Moskva Ukrainada - harbiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan botqoqqa tushishi kerak edi.
Ammo maxsus operatsiya boshlanganidan deyarli uch oy o‘tgach, nimadir noto‘g‘ri bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi va G‘arbning o‘zi aynan shu Ukraina "botqog‘i"ga botib qoldi.
Ushbu holatning sabablari allaqachon faol ravishda tahlil qilingan va aniqlangan. Xususan, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Rossiya iqtisodining kuchini va uning "jahannam" sanksiyalariga ham tayyorligini baholay olmaganliklarini tan olishdi. Ular, shuningdek, milliy xarakterimizning mustahkamligini va mamlakat uchun qiyin vaziyatda “safarbarlik” rejimiga o‘tishini ham tasavvur qila olishmaganini tan olishadi.
Biroq jangovar harakatlar jarayonini kuzatish G‘arb Ukrainada yana bir halokatli xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatmoqda. Bu qanchalik paradoksal tuyulmasin, muammoning kuchayishiga AQSh va NATOning Ukraina armiyasini modernizatsiya qilishda haddan tashqari katta yutuqlarga erishgani ham sabab bo‘lmoqda.
Rossiyani (bizning jamiyatimizni) Ukraina qurolli kuchlarining tayyorgarlik darajasi va jihozlanishi hamda ularning yuqori motivatsiyasi hayron qoldirdi. Sakkiz yil ichida NATO shundoq yonginamizda harbiy va mafkuraviy jihatdan bizga qarshi qanchalik “charxlangan” va qudratli kuch tayyorlashga muvaffaq bo‘lganini ruslar anglab yetdi.
Ammo so‘nggi vaqtlarda G‘arbning o‘zi ham bundan xursand emas, degan shubha bor. Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Atlantika alyansi uchinchi mamlakatlarda qurolli tuzilmalarni tayyorlash bo‘yicha juda katta tajribaga ega. Biroq, bu tajriba o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Amerikaliklar harbiylashgan, tartibsiz tuzilmalar bilan ishlashni juda yaxshi bilishadi. Ular o‘zlari tayyorlagan turli harbiy-siyosiy harakatlar, partizan tashkilotlari, diversion guruhlari va shunga o‘xshash tuzilmalarning qo‘li bilan ko‘plab operatsiyalar o‘tkazgan.
Xorijiy muntazam armiyalar bilan ishlash amerikaliklar uchun ancha murakkabroq, bu borada muvaffaqiyatsizliklarga misollar juda ko‘p. Eng so‘nggisi - afg‘on armiyasi. AQSh uni uzoq yillar davomida tashkil qilgan bo‘lsada u bir necha kun ichida parchalanib ketdi. O‘z qurolli kuchlariga AQSh bilan hamkorlikda ulkan mablag‘larni sarflayotgan Saudiya Arabistoni ham bu borada katta muvaffaqiyatga erisha olmagani ko‘rinib turibdi. Yamandagi mojaro bunga yaqqol misol.
Umuman olganda, doimiy armiyalar bilan ishlashda Vashington ko‘proq salbiy tajribaga ega, bu yaxshi tayyorlangan amerikaliklarning jangovar ishtirokisiz ular tomonidan tayyorlangan qo‘shinlar odatda jang qilishga qodir emasligini ko‘rinib qolmoqda.
Bu borada ukrainaliklar o‘zlarining yuqori jangovar tayyorgarligi bilan G‘arbga katta “suzpriz” taqdim etishdi. Faqat bu sovg‘v kundan-kunga yoqimsiz bo‘lib bormoqda.
Tasavvur qilaylik, agar voqealar Qo‘shma Shtatlar va Yevropa uchun odatiy ssenariy bo‘yicha rivojlanganda, vaziyat qanday bo‘lishi mumkin edi. Rossiya o‘z operatsiyasini harbiy san’atning barcha qoidalariga muvofiq amalga oshiradi, bu esa so‘zsiz - bir necha marta ko‘psonli va kuchli qo‘shin bilan hujum qilishni va qisqa vaqt ichida raqib armiyasini yengib Ukraina hududining katta qismini yoki muhim qismini (masalan, Dneprga yoki Pentagon tahlilchilari taxmin qilgan boshqa joygacha) egallab olgan bo‘lar edi.
Lekin bu bilan urush tamom bo‘ldi degani emas. Aslida qizig‘i ana shundan keyin boshlanadi. Chunki Rossiya harbiy va moliyaviy nazorati ostida bo‘lgan hududda ko‘p millionli rusofob targ‘ibotlari bilan miyasi yuvilgan va natsizm g‘oyalariga ishonuvchi aholi bo‘lardi. Natijada oddiy armiya sifatida mag‘lubiyatga uchragan Ukraina harbiylari partizan, diversion va terrorchilik kurashi uchun ideal sharoitga ega bo‘lar edi. G‘arb "ozodlik harakati" jangchilari uchun yengil va arzon qurollarni ko‘proq yetkazib berish bilan ushbu urush oloviga o‘tin tashlab turar edi.
Buning o‘rniga, hamma narsa “noto‘g‘ri” ssenariy bo‘yicha ketdi. Rossiya juda cheklangan kontingent bilan maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. O‘z navbatida, Ukraina armiyasi chidamlilik namoyish etdi. G‘arbning yordami (mashqlar, maslahatchilar, aloqa, razvedka, qurol-yarog‘ ta’minoti va boshqalar) bilan birgalikda Ukraina jiddiy raqibga aylantiradi. Natijada fronch chizig‘i sekin harakatlanmoqda. Rossiya unchalik katta bo‘lmagan, ammo muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hududlarni (sanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi yerlari, portlar, dengizga chiqish va boshqalar) va hatto asosan Rossiyaga xayrixoh aholiga ega bo‘lgan hududlarni o‘z nazorati ostiga oldi.
Shunday qilib, Moskva G‘arb xohlaganidek, Ukrainada urush botqog‘iga botib qoldi, ammo bu uning uchun og‘ir yuk emasligi aniq ko‘rinmoqda.
Shu tariqa G‘arb, G‘arb ikkita muntazam armiya o‘rtasidagi jangovar operatsiyalarning klassik variantiga kirishishga majbur bo‘ldi. Ukraina armiyasining sekin-asta yengilishi G‘arbga juda qimmatga tushmoqda.
Natija – ma’lum, lekin biz buni ko‘rish uchun hali ham yashash kerak va ular to‘lashimiz, to‘lashimiz va to‘lashimiz kerak. Moliyaviy vositalarni topish, turli xil resurslarni izlash, ko‘pincha ularni boshqa strategik muhim sohalardan tortib olish va o‘sib borayotgan xalq noroziligini bostirish kerak. Chunki ukrainaliklar amerikaliklar va yevropaliklar kutganidan ko‘ra ancha yaxshi jangchilar bo‘lib chiqishdi.
G‘arb bir xalqning ikki bo‘lagini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish haqidagi "ajoyib" g‘oyani amalga oshirishga qaror qilgani uchun yuz marta pushaymon qilishga vaqt topadi hali.
Yangiliklar lentasi
0