O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi

© KazinformDTP avtobusa v Kazaxstane
DTP avtobusa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
Jambil viloyatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Kazinform.
Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH "Olmaota-Toshkent" avtomobil yo‘lining 571-kilometrida, Jambil viloyati, Jualin tumani, Bauyrjan Momishuli qishlog‘idan olti kilometr uzoqlikda 12-may kuni soat 15:50 atrofida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha avtobusda O‘zbekiston yo‘qarolari bo‘lgan. YTH oqibatida haydovchining yordamchisi va bir nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lgan, 33 kishi kasalxonaga yotqizilgani, ulardan uch nafari reanimatsiyada, - deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomg‘ir va do‘l, tahr.) tufayli avtobus haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv qo‘zg‘atilgan.
Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ochildi: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.
O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulligi xabariga ko‘ra, ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha shtab tuzilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarini vataniga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
© KazinformDTP avtobusa v Kazaxstane
DTP avtobusa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
DTP avtobusa v Kazaxstane
Yangiliklar lentasi
0