Jamiyat

“Oʻzgidromet” 9 ta viloyatda sel kelish xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzgidromet togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻirli havo kutilayotganini va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Oʻzgidromet 13-14 may kunlari togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻladi va baʼzi joylarda doʻl yogʻishi mumkinligini xabar qildi.
13-14 may kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzar, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqorgʻon, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0