https://sputniknews-uz.com/20220513/qozogistonda-ythga-uchragan-avtobusda-necha-kishi-bolgani-aytildi-24534862.html
Qozogʻistonda YTHga uchragan avtobusda necha kishi boʻlgani aytildi
Qozogʻistonda YTHga uchragan avtobusda necha kishi boʻlgani aytildi
YTH oqibatida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan. Ayni paytda 16 yoʻlovchi tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish boʻlimida qolmoqda. 13.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-13T16:18+0500
2022-05-13T16:18+0500
2022-05-13T16:18+0500
jamiyat
qozogʻiston
avtobus
yth
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0d/24520389_0:56:1000:619_1920x0_80_0_0_431dfde492e1cc20b0a7ca55046122b2.jpg
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Qozogʻistonning Jambil viloyatida Oʻzbekiston davlat raqamiga ega boʻlgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar bergan edik. Mamlakatning Olmaota shahridagi (Qozogʻiston Respublikasi) Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, avtobusda 53 nafar yoʻlovchi, shu jumladan 47 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Voqea oqibatida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan.Ayni paytda 16 nafar oʻzbekistonlik tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish boʻlimida qolmoqda.Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi guruh tashkil etilgan. Diplomatlar voqea joyiga yetib borgan.Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha shtab tuzilgan. Halok boʻlganlarning jasadlarini vataniga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomgʻir va doʻl, tahr.) tufayli avtobus haydovchisi boshqaruvini yoʻqotib, shu yoʻnalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan toʻqnashib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsning oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv qoʻzgʻatilgan.Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ochilgan: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.
qozogʻiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0d/24520389_50:0:950:675_1920x0_80_0_0_5fe9418f1733b2c6354f7a83746c8473.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qozogʻiston, avtobus, yth
Qozogʻistonda YTHga uchragan avtobusda necha kishi boʻlgani aytildi
YTH oqibatida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan. Ayni paytda 16 yoʻlovchi tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish boʻlimida qolmoqda.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Qozogʻistonning Jambil viloyatida Oʻzbekiston davlat raqamiga ega boʻlgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar bergan edik. Mamlakatning Olmaota shahridagi (Qozogʻiston Respublikasi) Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, avtobusda 53 nafar yoʻlovchi, shu jumladan 47 nafar Oʻzbekiston fuqarosi
boʻlgan. Voqea oqibatida 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan.Ayni paytda 16 nafar oʻzbekistonlik tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish boʻlimida qolmoqda.
Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi guruh tashkil etilgan. Diplomatlar voqea joyiga yetib borgan.
“Huquqni muhofaza qilish organlar va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan. Marhumlarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar hal etilmoqda”, deyiladi Oʻzbekiston TIV vakili xabarida.
Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha shtab tuzilgan. Halok boʻlganlarning jasadlarini vataniga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomgʻir va doʻl, tahr.) tufayli avtobus haydovchisi boshqaruvini yoʻqotib, shu yoʻnalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan toʻqnashib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsning oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv qoʻzgʻatilgan.
Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ochilgan: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.