https://sputniknews-uz.com/20220513/rediskaning-foydali-jihatlari--24487855.html
Rediskaning foydali jihatlari
Rediskaning foydali jihatlari
Tadqiqotlar rediskaning yurak, jigar faoliyati hamda saratonni oldini olishda ijobiy taʼsirini tasdiqladi.
2022-05-13T06:10+0500
2022-05-13T06:10+0500
2022-05-13T06:10+0500
bu qiziq
rediska
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/340/46/3404603_0:443:2854:2048_1920x0_80_0_0_47854f2c71dfeef4137c26450727964a.jpg
RIA Novostining En Son Haber nashriga tayanib xabar berishicha, olimlar muntazam rediska isteʼmol qilish saraton kasalligi bilan kurashishda, yurak va jigar faoliyatini yaxshilashda ijobiy taʼsirlarini tasdiqlagan.Odatda rediskadan salat va boshqa taomlar uchun masalliq sifatida foydalaniladi. Biroq, sabzavotning oʻzini isteʼmol qilish va kunlik rayionga kiritishning asosli sabablari bor.Toʻyimli moddalar koʻpRediskaning rangi qanday boʻlmasin, barchasi foydali. U antioksidantlarga boy.Rediska- S vitamining koni. Oziq moddalarning uygʻunligi oksidlanish natijasida hujayralar halok boʻlishidan va umuman hujayra shikastlanishiga qarshi kurashishga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va infektsiyalardan himoya qiladi.Saratonga qarshi kurashishga yordam beradiBundan tashqari, rediska organizmni yetarli miqdorda V vitaminlari, kaliy, kaltsiy, temir, magniy bilan taʼminlaydi. Tabiiy elementlarni oʻz ichiga oladi. Yalligʻlanishni kamaytiradi, hujayralarni saratonga olib keladigan moddalardan himoya qiladi va zararli kasallik hujayralarining oʻsishini kamaytiradi.Tadqiqotlarga koʻra, sabzavotdagi tabiiy birikmalar sut bezi, prostata, yoʻgʻon ichak, jigar va oʻpka saratoni rivojlanishining oldini oladi.Yurakni mustahkamlaydiQizil redis yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, yurak sogʻligʻini saqlash uchun samarali vosita. Uning ozuqaviy moddalari qon bosimini va yurak xastaliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Sabzavot tarkibida qon aylanishini yaxshilaydigan tabiiy nitratlar mavjud.Qandli diabetdan himoya qiladiOlimlar redisning glyukoza darajasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqladi. Shuningdek, u glyukozaning mushak toʻqimalari tomonidan soʻrilishini kuchaytirib, ichaklarda soʻrilishini kamaytiradi. Bularning barchasi qonda shakarni pasaytiradi.Ushbu supersabzavotni muntazam isteʼmol qilish adiponektin ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Redis tarkibida Q10 koenzimi ham mavjud. U ham diabet rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.Jigar va buyraklar faoliyatini yaxshilaydiRedis jigarni toksinlardan tozalashga yordam beradi, tiklanishiga hissa qoʻshadi. Bunga indol-3-karbinol va 4-metiltio-3-butenilizotiyosiyanat yordam beradi. Tushunarsiz nomlar, biroq juda foydali birikmalar. Bundan tashqari, ular buyraklarga toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/340/46/3404603_104:0:2835:2048_1920x0_80_0_0_ea679cc747564cf08867ae81612894a1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rediska
Rediskaning foydali jihatlari
Tadqiqotlar rediskaning yurak, jigar faoliyati hamda saratonni oldini olishda ijobiy taʼsirini tasdiqladi.
RIA Novostining En Son Haber nashriga tayanib xabar berishicha, olimlar muntazam rediska isteʼmol qilish saraton kasalligi bilan kurashishda, yurak va jigar faoliyatini yaxshilashda ijobiy taʼsirlarini tasdiqlagan.
Odatda rediskadan salat va boshqa taomlar uchun masalliq sifatida foydalaniladi. Biroq, sabzavotning oʻzini isteʼmol qilish va kunlik rayionga kiritishning asosli sabablari bor.
Rediskaning rangi qanday boʻlmasin, barchasi foydali. U antioksidantlarga boy.
Rediska- S vitamining koni. Oziq moddalarning uygʻunligi oksidlanish natijasida hujayralar halok boʻlishidan va umuman hujayra shikastlanishiga qarshi kurashishga yordam beradi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va infektsiyalardan himoya qiladi.
Saratonga qarshi kurashishga yordam beradi
Bundan tashqari, rediska organizmni yetarli miqdorda V vitaminlari, kaliy, kaltsiy, temir, magniy bilan taʼminlaydi. Tabiiy elementlarni oʻz ichiga oladi. Yalligʻlanishni kamaytiradi, hujayralarni saratonga olib keladigan moddalardan himoya qiladi va zararli kasallik hujayralarining oʻsishini kamaytiradi.
Tadqiqotlarga koʻra, sabzavotdagi tabiiy birikmalar sut bezi, prostata, yoʻgʻon ichak, jigar va oʻpka saratoni rivojlanishining oldini oladi.
Yurakni mustahkamlaydi
Qizil redis yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, yurak sogʻligʻini saqlash uchun samarali vosita. Uning ozuqaviy moddalari qon bosimini va yurak xastaliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Sabzavot tarkibida qon aylanishini yaxshilaydigan tabiiy nitratlar mavjud.
Qandli diabetdan himoya qiladi
Olimlar redisning glyukoza darajasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqladi. Shuningdek, u glyukozaning mushak toʻqimalari tomonidan soʻrilishini kuchaytirib, ichaklarda soʻrilishini kamaytiradi. Bularning barchasi qonda shakarni pasaytiradi.
Ushbu supersabzavotni muntazam isteʼmol qilish adiponektin ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Redis tarkibida Q10 koenzimi ham mavjud. U ham diabet rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
Jigar va buyraklar faoliyatini yaxshilaydi
Redis jigarni toksinlardan tozalashga yordam beradi, tiklanishiga hissa qoʻshadi. Bunga indol-3-karbinol va 4-metiltio-3-butenilizotiyosiyanat yordam beradi. Tushunarsiz nomlar, biroq juda foydali birikmalar. Bundan tashqari, ular buyraklarga toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi.