Siyosat

Vladimir Norov MDH TIV rahbarlarini Afgʻonistonga bagʻishlangan anjumanga taklif qildi

© Foto: MID UzbekistanaVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afgʻoniston boʻyicha oliy darajada xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afgʻoniston boʻyicha oliy darajada xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini boshqaruvchi Vladimir Norov Dushanbe shahrida boʻlib oʻtyotgan MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisida maʼlum qildi.
“Afsuski, xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistondagi vaziyatga eʼtibori susayganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Ayni paytda u yerdagi vaziyat ogʻir iqtisodiy inqiroz va qiyin gumanitar vaziyat keskinligicha qolib, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolmoqda”, deydi Norov.
Unga koʻra, hamjamiyat ushbu mamlakatning bugungi kuni va kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi hamda Afgʻonistonning ogʻir ijtimoiy muammolarini hal qilishda yordamni davom ettirishga qaratilgan aniq choralarni koʻrishi kerak.
“Joriy yil iyul oyi oxirida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha oliy darajadagi xalqaro konferentsiya ushbu masalalarni dolzarblashtirish va har tomonlama muhokama qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi”, deya taʼkidladi siyosatchi.
Shuningdek, Vladimir Norov MDH tashqi ishlar vazirlarini Afgʻon muammosini hal etish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish maqsadida ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qildi.
Maʼlumot uchun, Muqaddas Ramazon hayiti arafasida Oʻzbekistondan Afgʻonistonga 58 vagondan iborat, 4 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechak yuklangan yana bir gumanitar yordam poyezdi joʻnatildi.
Yangiliklar lentasi
0