https://oz.sputniknews-uz.com/20220514/bemor-bolalarga-allergik-sezuvchanlik-pasporti-topshirildi-24524305.html
Bemor bolalarga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi
Bemor bolalarga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi
Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ilk bor 5 nafar davolanuvchi bemor bolaga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi.
2022-05-14T12:52+0500
2022-05-14T12:52+0500
2022-05-14T12:52+0500
jamiyat
oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0d/24522851_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_566ac7c9a86677c3a48ec5e387ef8c61.jpg
TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ilk bor 5 nafar davolanuvchi bemor bolaga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi. Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni doirasida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan “Allergiyasiz dunyo” mavzusida qator tadbirlar oʻtkazildi.Unda bemor bolalar va ularning ota-onalari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.“Astma va allergiya-2022 Tashxislash va davolashning innovatsion usullari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda shoshilinch holatlar, astma xurujida bemor va shifokorning xatti-harakatlari, kasallikning molekulyar diagnostikasi kabi masalalar koʻrib chiqildi.Unda Rossiyada xizmat koʻrsatgan shifokor, professor Olga Zaytseva “Bolalarda bronxial astmani davolash va oldini olishda pediatrning roli” mavzusidagi maruzasi bilan ishtirok etdi.Seminar davomida Xalqaro molekulyar allergologiyaning “Yosh olimlar klasteri” tomonidan qiziqarli tanlovlar oʻtkazildi.Shuningdek, mavzuga doir rasmlar, ijodiy ishlar va fotosuratlar koʻrgazmasi hamda onlayn bolalar rasm tanlovi ham tashkil etildi.Maʼlumot uchun, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi zamonaviy ALEX-2 allergik multipleks chiplari asosida 282 ta allergenlarga sezgirlik tekshiruvlari bepul yoʻlga qoʻyilgan. Markaz xodimlari tomonidan allergochip usulida 1 021 nafar bemorning taʼsirchanligi oʻrganildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0d/24522851_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_817dc12f56d5286e4dbbb02c76c27ebd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
Bemor bolalarga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi
Allergiya bilan kasallangan bolalar uchun “Allergiyasiz dunyo” mavzusida qator tadbirlar oʻtkazildi.
TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ilk bor 5 nafar davolanuvchi bemor bolaga “Allergik sezuvchanlik pasporti” topshirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi
xabar berdi.
Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurashish kuni doirasida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan “Allergiyasiz dunyo” mavzusida qator tadbirlar oʻtkazildi.
Unda bemor bolalar va ularning ota-onalari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Astma va allergiya-2022 Tashxislash va davolashning innovatsion usullari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro seminarda shoshilinch holatlar, astma xurujida bemor va shifokorning xatti-harakatlari, kasallikning molekulyar diagnostikasi kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Unda Rossiyada xizmat koʻrsatgan shifokor, professor Olga Zaytseva “Bolalarda bronxial astmani davolash va oldini olishda pediatrning roli” mavzusidagi maruzasi bilan ishtirok etdi.
Seminar davomida Xalqaro molekulyar allergologiyaning “Yosh olimlar klasteri” tomonidan qiziqarli tanlovlar oʻtkazildi.
Shuningdek, mavzuga doir rasmlar, ijodiy ishlar va fotosuratlar koʻrgazmasi hamda onlayn bolalar rasm tanlovi ham tashkil etildi.
Maʼlumot uchun, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi zamonaviy ALEX-2 allergik multipleks chiplari asosida 282 ta allergenlarga sezgirlik tekshiruvlari bepul yoʻlga qoʻyilgan. Markaz xodimlari tomonidan allergochip usulida 1 021 nafar bemorning taʼsirchanligi oʻrganildi.