https://oz.sputniknews-uz.com/20220514/ozbekistonda-pomidorning-yangi-navi-ixtiro-qilindi-24548548.html
Oʻzbekiston olimlari pomidorning yangi navini ixtiro qilishdi
Oʻzbekiston olimlari pomidorning yangi navini ixtiro qilishdi
Oʻzbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi.
2022-05-14T14:01+0500
2022-05-14T14:01+0500
2022-05-14T17:27+0500
jamiyat
qishloq xoʻjaligi vazirligi
oʻzbekiston
pomidor
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0e/24547248_86:69:1031:601_1920x0_80_0_0_39274a99d3f41a451c67d88ccce7ff78.png
TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi, deb xabar qildi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining bir qator seleksioner olimlari Yekaterina Lyan, Rustam Nizomov, Shermuhammad Aminov va Jamil Toʻrayevlarning 10 yillik samarali mehnati natijasida ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ixtiro qilindi.Navga “Universal” nomi berildi.Yangi nav oʻrtapishar boʻlib, oʻsuv davri 120-122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2,0-2,5 metr, ochiq maydonda 1,5-1,8 metrgacha yetadi, shoxlanishi va barglanishi esa oʻrtacha. Bargi oddiy, toʻq yashil, oʻrtacha burmali. Birinchi toʻpguli 8-9 bugʻinlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil. Pomidor vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali. Urugʻxonasi 4-5 ta. Degustatsion bahosi 4,9 balldan iborat.Tarkibida quruq modda miqdori 4,8%, umumiy qand 4,2%, askorbin kislotasi 24,2%. Hosildorligi: issiqxonada 15-18 kg/m2; ochiq maydonda 38-42 t/ga ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich boshqa navlardan 15-20% yuqori degani.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0e/24547248_199:36:943:594_1920x0_80_0_0_85d5e3e87816847caab548df3f2c9d3b.pngSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qishloq xoʻjaligi vazirligi, oʻzbekiston, pomidor
Oʻzbekiston olimlari pomidorning yangi navini ixtiro qilishdi
14:01 14.05.2022 (yangilandi: 17:27 14.05.2022) Oʻzbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi.
TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonda pomidorning yangi “Universal” navi ixtiro qilindi, deb xabar qildi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining bir qator seleksioner olimlari Yekaterina Lyan, Rustam Nizomov, Shermuhammad Aminov va Jamil Toʻrayevlarning 10 yillik samarali mehnati natijasida ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ixtiro qilindi.
Navga “Universal” nomi berildi.
Yangi nav oʻrtapishar boʻlib, oʻsuv davri 120-122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2,0-2,5 metr, ochiq maydonda 1,5-1,8 metrgacha yetadi, shoxlanishi va barglanishi esa oʻrtacha. Bargi oddiy, toʻq yashil, oʻrtacha burmali. Birinchi toʻpguli 8-9 bugʻinlarda joylashgan. Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil. Pomidor vazni 100-120 g, meva asosi kichik chuqurchali. Urugʻxonasi 4-5 ta. Degustatsion bahosi 4,9 balldan iborat.
Tarkibida quruq modda miqdori 4,8%, umumiy qand 4,2%, askorbin kislotasi 24,2%. Hosildorligi: issiqxonada 15-18 kg/m2; ochiq maydonda 38-42 t/ga ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich boshqa navlardan 15-20% yuqori degani.