Rossiya

Medvedev keng koʻlamli oziq-ovqat inqirozi xataridan ogohlantirdi

© Sputnik / Yekaterina ShtukinaZamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoye foto
Zamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi oʻrinbosari sanktsiyalar oqibati dunyodagi energetika, logistika, oziq-ovqat va boshqa inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkinligini taxmin qildi.
TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Gʻarb mamlakatlarining Rossiyaga qarshi kiritayotgan sanktsiyalari butun dunyoga jiddiy oqibatlar bilan tahdid solmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.
Uning fikricha, yetkazib berishning global zanjari buzilishi tufayli yirik logistika inqirozi yuzaga kelishi mumkin. Rossiyaning energiya resurslarini taqiqlayotgan mamlakatlar esa energetika inqiroziga duch kelishlari mumkin.
“Istiqboli ayrim davlatlarda ocharchilik boʻlgan toʻlaqonli xalqaro oziq-ovqat inqirozi boshlanadi”, - deb hisoblaydi Medvedev.
Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi oʻrinbosari milliy valyutalar barqarorligiga putur yetishi, oʻsib borayotgan inflyatsiya va xususiy molk-mulkning qonuniy himoyasi buzilishi valyuta moliya inqiroziga olib kelishini qoʻshimcha qilgan.
Bundan tashqari, u yangi mintaqaviy harbiy mojarolar paydo boʻlishi, dunyoda terrorchilar faollashishi mumkin, deb hisoblaydi. Sanitariya-epidemiologiya sohadagi xalqaro hamkorlikdan bosh tortishdan soʻng dunyoda yangi epidemiyalar boshlanishi mumkin.
Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish jarayonida oʻz samaradorligini isbotlay olmagan xalqaro institutlar faoliyatida pasayish kuzatiladi, masalan, Yevropa Kengashi. Mafkuraviy anglo-saksonlar mezonlariga emas, pragmatiklarga asoslangan yangi xalqaro ittifoqlar tuziladi.
Medvedev natijada yangi xavfsizlik arxitekturasi yaratiladi, deb hisoblaydi. Unda, jumladan, Amerika atrofida yigʻilgan dunyo gʻoyasi barbod boʻlgani tan olinadi.
Yangiliklar lentasi
0