Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Sut ichganda organizmda nimalar sodir boʻladi?

CC0 / Pexels / Svejeye moloko
Svejeye moloko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi sogʻilgan sigir suti - tarkibida 200 dan ortiq turli organik va mineral moddalarni jamlagan ajoyib mahsulotdir.
Qadimdan sut va sut mahsulotlari salomatlik uchun nihoyatda foydali hisoblanadi. Biroq, soʻnggi vaqtlarda barcha mutaxassislar ham bunga qoʻshilavermaydi.
Maksimal foydali boʻlishi uchun sutni qanday isteʼmol qilish kerak? Batafsil materialimizda.
Sut makroelementlar va vitaminlarga boy. Vrach-fitoterapavt Yevgeniy Shmerko Sputnik Belarusga sutni toʻgʻri isteʼmol qilish haqida soʻzlab berdi.
Sutning foydasi nimada?
Mutaxassisning taʼkidlashicha, yangi sogʻilgan, tabiiy sut tarkibida 200 dan ortiq turli organik va mineral moddalarni jamlagan ajoyib mahsulotdir.
“Sut va tuxum mahsulotidek tarkibida oziq moddalarining butun kompleksini yigʻmagan hech qanday mahsulot boʻlmasa kerak”, deydi shifokor.

“Sut oqsilining oʻziga xosligi aminokislotalarning muvozanalashtirilgani va 100% hazm boʻlishidir. Aynan sut va sut mahsulotlarining oqsilida immunoglobulin kabi maxsus himoya vositalari bor. Immunoglobunlar tufayli organizm turli viruslar va mikroorganizmlarga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi”,- deydi Shmerko.

Shuningdek, sigir sutining qon bosimini tushiruvchi xususiyati ham bor. Shu sabab sut, sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan taomlar ateroskleroz (suyak kasalliklari), miya va periferik tomirlar va gipertoniya, yurakning ishemik kasalliklarini davolashda tavsiya qilinadi.
Sut tarkibida kaliy koʻp. Ushbu modda tomirlar elastikligini saqlashda juda zarur.
Sut jigʻildon qaynashida ham isteʼmol qilinadi. Uningtarkibidagi yogʻda A va D vitaminlari mavjud. Sut osteoporoz (suyaklar moʻrtlashishi)ni oldini olishda ham samarali vosita. Kaltsiyga boʻlgan kunlik ehtiyojning 80%ni sut bilan toʻldirish mumkin.
Xususan, sut ajoyib tinchlantiruvchi vosita. Tongda bir stakan sut isteʼmol qilish kun davomida tetik boʻlishga yordam bersa, uxlashdan oldin tinchlanish va uyqu sifatini yaxshilashga koʻmak beradi.
Sutni qanday isteʼmol qilish kerak?
Sut albatta har bir insonning kunlik ratsionida boʻlishi lozim: kattalar va kichik yoshdagi bolalarning ham.
“Sutni ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilish zarur. Yaxshisi, uni alohida taom sifatida ichish kerak, chunki boshqa mahsulotlar bilan sutning hazm boʻlishi qiyin. Mevalar bilan sutni birga isteʼmol qilsa boʻladi, chunki sut mevalarga qarshi allergik taʼsirlarni oldini olishi mumkin. Choy va qahvaga sut qoʻshish yaxshi odat emas. Shuningdek, uni qaynatish mumkin emas, chunki 30 gradusdan baland issiqlikda sut tarkibidagi koʻplab foydali elementlar nobud boʻladi”,- deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0