Dunyoda

Ukrainaga yetkazilib berilayotgan gʻarb quroli terrorchilar qoʻliga tushishi mumkin – ekspert

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishBoyepripasы, obnarujennыe na korable "Korets" Voyenno-morskix sil Ukrainы, ostavlennogo v portu Berdyanska.
Boyepripasы, obnarujennыe na korable Korets Voyenno-morskix sil Ukrainы, ostavlennogo v portu Berdyanska.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iroqlik harbiy ekspertlar Gʻarb mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarogʻ terrorchilar qoʻliga tushishi mumkinligini maʼlum qilishdi.
TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Gʻarb mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarogʻ terrorchilar qoʻliga tushishi mumkin yoki yangi terrorchilik tashkilotlarining paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda xavfsizlik sohasidagi iroqlik ekspertlar RIA Novostiga maʼlum qilishdi.
Akila at-Tayining fikricha, AQSH va NATO mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarogʻ “olovga moy sepmoqda”, bu yetkazib berishlar “Islom davlati”* kabi terrorchilik guruhlarning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
U misol tariqasida 2014 yilgi voqealarni keltirdi, oʻshanda Iroqning shimoli va gʻarbidagi shaharlarni egallab olgan ISHID* harbiy bazalarda qoldirib ketilgan katta miqdordagi Amerika harbiy texnikasi va qurol-yarogʻini qoʻlga kiritgandi.
“Hozir Ukrainaga yetkazib berilayotgan Amerika qurol-aslahasi, katta ehtimol bilan, kontrabanda yoʻli bilan ularni qurollantirish yoki boshqa nomlar bilan yangi tashkilotlar tuzish maqsadida ekstremistlarga, xoh Ukrainada boʻlsin yoki undan tashqari, yoki terrorchi guruhlarga, jumladan, ISHIDga* joʻnatiladi”, - dedi at-Tayi.
Boshqa bir iroqlik harbiy ekspert Jalil Xalaf AQSH Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol “butun dunyoga tahdid soladigan xavf” ekanini taʼkidladi.
“Amerika Ukraina koʻp qurol-yarogʻ va neonatsist deb ataluvchi koʻngillarni joʻnatdi. Bu faktning oʻzi nafaqat bu mamlakatlarga, balki butun dunyo uchun katta xavf tugʻdiradi, chunki hech kim bu qurollar ekstremistlar yoki hatto ISHID* qoʻliga tushishini istisno qilmaydi”, - dedi ekspert.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0