Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Azovstaldan” yarador ukrainalik harbiylar evakuatsiya qilinadi

© Sputnik / Aleksey KudenkoVid na metallurgicheskiy kombinat "Azovstal" v Mariupole.
Vid na metallurgicheskiy kombinat Azovstal v Mariupole. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Mudofaa vazirligi zavod hududidan yarador ukrainalik harbiylarni evakuatsiya qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Mariupol shahridagi “Azovstal” metallurgiya kombinati hududidan yarador ukrainalik harbiylarni evakuatsiya qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“16 may kuni Mariupoldagi “Azovstal” metallurgiya kombinati hududida qurshovga olingan ukrainalik harbiy xizmatchilar bilan muzokaralar natijasida yaradorlarni olib chiqish borasida kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, hozir korxona hududida tinchlik rejimi eʼlon qilingan va gumanitar yoʻlak ochilgan. U orqali yarador ukrainalik harbiylarni Donetsk xalq respublikasining Novoazovskoye tibbiy muassasasi olib boriladi va ularga barcha zaruriy yordam koʻrsatiladi.
Eslatib oʻtamiz Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Mariupol shahrini 7 mart kuni qurshab olishgan edi. 21 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu shahar toʻliq ozod qilinganini eʼlon qildi, biroq “Azovstal” zavodida ukrainalik millatchi batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni toʻxtatishni, ammo "hatto pashsha uchib chiqa olmaydigan darajada” toʻsib qoʻyishni buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0