Jamiyat

Endi yer uchastkasini onlayn xususiylashtirish mumkin

Devushka za noutbukom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yer uchastkasini masofadan turib xususiylashtirish uchun 24 300 soʻm miqdorida yigʻim va differentsial toʻlov undiriladi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun my.gov.uz portaliga onlayn murojaat yuborish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.
Fuqarolar oʻzlariga tegishli koʻchmas mulk – yer uchastkalarini (koʻp qavatli uylar bundan mustasno) kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirishi mumkin.
Portalga kelib tushgan ariza Kadastr agentligi va Qurilish boʻlimlariga yoʻnaltiriladi. Mutaxassislar yer uchastkasini xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlarni tekshirib chiqadi.
Qurilish boʻlimlari esa yer uchastkasi hududining shaharsozlik meʼyorlariga mos kelishini oʻrganadi. Barcha tekshiruvlardan oʻtgach fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor toʻlovni amalga oshiradi. Bino kadastrdan oʻtmagan boʻlsa, yer xususiylashtirilmaydi.
Arizani koʻrib chiqish uchun 24 300 soʻm miqdorida yigʻim va yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differentsial toʻlov undiriladi.
Maʼlumot uchun, har bir jismoniy va yuridik shaxs oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkasini faqat oʻzigina sotib oladi. Bu auktsionga qoʻyilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga oʻtib ketishi mumkin emas.
Yangiliklar lentasi
0