Eron Rossiyadan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olishni 3 baravar oshirmoqchi

© Sputnik / Vitaliy BelousovPshenitsa na polyax, arxivnoe foto
Pshenitsa na polyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Kazem Jaloliyga ko‘ra, so‘nggi yillarda Eron Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ma’lum bir guruhini doimiy ravishda sotib olmoqda.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Eron Rossiyadan don importini oshirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat har yili 20 million tonnadan ortiq don va moyli o‘simliklar sotib olish mumkin. Bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jaloliy RIA Novosti nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Eron Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ma’lum bir guruhini doimiy asosda sotib olmoqda. Xususan, 2021-yilda mamlakat Rossiyadan 7 million tonna g‘alla import qilgan holda, ushbu mahsulotlarni Rossiyadan import qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
“Joriy yilda ham bu jarayon kengaytiriladi. Umuman olganda, Eron Rossiyadan yiliga 20 million tonnadan ortiq don va moyli o‘simliklar import qilish imkoniyatiga ega”, deydi diplomat.
Avvalroq, Venadagi Eron muzokarachilari delegatsiyasi maslahatchisi Muhammad Marandiy Tehron neft bozorida Moskva bilan raqobatlashish niyatida emasligini aytgan edi.
Apreloyida esa Rossiya-Eron ishbilarmonlar kengashi raisi Vladimir Obidenov Eron Rossiyaga kiyim-kechak va poyabzal yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0