Dunyoda

Eron SHHTga 2023 yilda toʻliq aʼzo boʻlishi mumkin

© AP PhotoFlagi stran-uchastnits SHOS
Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqand sammiti doirasida Eronga SHHTga aʼzo boʻlish majburiyatlari toʻgʻrisidagi Memorandum imzolanishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Eron tomoni bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga aʼzo boʻlish majburiyatlari toʻgʻrisidagi Memorandum loyihasi kelishib olindi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, Memorandum Samarqand sammiti doirasida imzolanishi rejalashtirilgan. U Eronga SHHTga aʼzo davlat maqomini taqdim etish masalasini hal qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
“Yaʼni, Eron tomoni 2023 yilgi sammitda, agar u barcha majburiyatlarini bajarsa, tashkilotga toʻliq aʼzo sifatida qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻladi”, - dedi Norov.
Vazir Eronning SHHTga qabul qilinishi toʻgʻrisidagi bitim tashkilotning ochiqlik tamoyilini va unga aʼzo davlatlarning amalda unga amal qilish boʻyicha qatʼiy intilishlarini tasdiqlashini qayd etdi.
Taʼkidlanishicha, Eronning tashkilotga qoʻshilishi SHHTning "geografik javobgarlik" hududini kengaytiradi va oʻzaro bogʻliqlik sohasidagi mintaqalararo tashabbuslarni rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochadi.
Eron SHHTga yana bir qadam yaqinlashdi
Yangiliklar lentasi
0