Jamiyat

Mendeleyev olimpiadasida Oʻzbekiston 10ta medal sohibi boʻldi

© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mendeleyev xalqro olimpiadasida Oʻzbekiston 10ta medal bilan jamoalar orasida ikkinchi oʻrinnni egalladi.
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Toshkentda 15 may kuni yakunlangan Mendeleyev xalqro olimpiadasida (MMO) oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari 10ta medal sohibi boʻlishdi. Bu haqida Prezident taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qilmoqda.
© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
Olimpiadaning taqdirlash marosimda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova soʻzga chiqib, Olimpiada ishtirokchilarini qutladi:

56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi doirasida dunyoning 16 mamlakatidan iqtidorli yoshlar hamda kimyo ilmining eng buyuk namoyondalari Yurtimizga tashrif buyurganidan bagʻoyatda xursandmiz! – deydi Prezident taʼlim muassasalari agentligidirektori Hilola Umarova.

MMO-56 musobaqasida 16 mamlakatdan 100 ga yaqin maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar. Ular 28 ta bronza, 18 ta kumush va 9 ta oltin medal uchun kurash olib borishdi.
Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida kunduzgi formatda oʻtkazildi va ikkita nazariy hamda bitta tajriba bosqichidan iborat boʻldi.
© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
Umumjamoa hisobida yetakchi - 5ta oltin 4ta kumush va 1ta bronza olgan Rossiya terma jamoasi boʻldi.
Oʻzbekiston terma jamoasi Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida jami 10 ta medalni qoʻlga kiritdi. Shundan 1tasi oltin, 4 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.
Moskva davlat universitetining Kimyo fakulteti dekani Stepan Kalmikov bu yilgi Olimpiada gʻoliblari orasida besh davlat vakillari borligini qayd etdi.
"Bu yil medal sohiblari orasida birdaniga beshta davlat vakili bor. Qolaversa, anʼanaviy tarzda kuchli natija koʻrsatayotgan jamoalar ham, oltin medal sohiblari orasida yangi kelganlar ham bor. Ayniqsa, Oʻzbekiston terma jamoasini tabriklayman. Ayni paytda mamlakatda taʼlim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda va bu oʻz samarasini yaqqol koʻrsatmoqda”, - dedi Kalmikov.
Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining mutlaq gʻolibi sifatida moskvalik Ignatiy Tarabrin maktab oʻquvchilari eʼtirof etildi. Ular 2 million rubl miqdoridagi akademik Valeriy Lunin mukofotiga sazovor boʻldilar.
Medallar boʻyicha yetakchi jamoalar:
1.
Rossiya - 5ta oltin, 4ta kumush, 1ta bronza;
2.
Oʻzbekiston - 1ta oltin, 4ta kumush, 5ta bronza;
3.
Belarus - 1ta oltin, 3ta kumush;
4.
Turkiya - 1ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza;
5.
Isrolil - 1ta oltin, 3ta bronza;
6.
Qozogʻiston - 3ta kumush, 5ta bronza;
7.
Ozarbayjon - 1ta kumush, 2ta bronza;
8.
Armaniston - 1ta kumush, 1ta bronza;
9.
Vengriya - 1ta kumush; 2ta bronza;
10.
Avstriya, Suriya - 2tadan bronza;
11.
Saudiya Arabistoni, Qirgʻiziston, Xorvatiya - 1tadan bronza.
© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
Oʻzbekistonlik medallar sohiblari:
1️) Jamolov Azimjon Ravshan oʻgʻli - oltin medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi);
2️) Badalova Maftuna Lutfullo qizi - kumush medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi;
3️) Boymahamadov Ikromiddin Axmadjon oʻgʻli - kumush medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi;
4) Gafarov Emirali Aliyevich - kumush medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi;

5) Mahmudov Abdulloh Alisher oʻgʻli - kumush medal. Toshkent shahridagi 81-IDUM oʻquvchisi.
6️) Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - bronza medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi;
7️) Nazarov Azizbek Farrux oʻgʻli - bronza medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi;
8️) Shaymatov Sherzod Shaxobiddin oʻgʻli - bronza medal. Navoiy shahridagi 11-AFCHOʻIM oʻquvchisi;
9) Meliqoʻziyev Ozodbek Erkinjon oʻgʻli - bronza medal. Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi 2-IDUMI oʻquvchisi;
10) Ergashev Murodbek Anvarovich- bronza medal. Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi 68-DMI oʻquvchisi.
Yangiliklar lentasi
0