“Moskvich” zavodida kelajakda elektromobillar ishlab chiqariladi - Sobanin

© Sputnik / V. Knyazev / Mediabankka o‘tishEksperimental avtomobil: 7 o‘rinli universal "Moskvich-2139 Arbat"
Eksperimental avtomobil: 7 o‘rinli universal Moskvich-2139 Arbat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Sobanin "Moskvich" zavodida dastlab avtomobillar, keyin elektromobillar ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Asosiy hamkor - Kamaz bo‘ladi.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin “Moskvich” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarish qayta tiklanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, zavod kelajakda elektromobillar ishlab chiqaradi.
“Chet ellik egasi Moskvadagi “Renault” zavodini yopishga qaror qildi. Bu uning huquqi, lekin biz minglab ishchilarning ishsiz qolishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shuning uchun men zavodni shahar balansiga olishga va tarixiy Moskvich brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qildim”, - deb yozadi Sobanin.
Shahar meriga ko‘ra, KAMAZ qayta tiklangan Moskva avtomobil zavodi “Moskvich”ning asosiy texnologik hamkoriga aylanadi.
“Birinchi bosqichda ichki yonuv dvigateliga ega klassik avtomobillar, kelgusida esa elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi”, deydi u.
Uning ta’kidlashicha, KAMAZ hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Rossiyada maksimal miqdordagi avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ishlar boshlangan.
“Volgograd prospektidagi avtomobil zavodi uzoq va shonli tarixga ega. Deyarli yuz yil oldin u Fordavtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan. O‘nlab yillar davomida bu yerda afsonaviy mahalliy “Moskvichlar” ishlab chiqarilgan. 1998-yildan beri “Renault” zavodi bilan hamkorlik qiladi va “Logan”, “Dusters” va “Sandero”konveyerdan chiqdi. 2022-yilda biz “Moskvich” tarixida yangi sahifa ochamiz”, deydi Sergey Sobanin.
Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida “Renault” Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan.
Aytish joizki, Moskvada 2021-yilning dekabr oyida elektobuslar soni 1000dan oshgan edi. Ularning aksariyati "Kamaz" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Moskovskiy elektrobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Muvaffaqiyatli tajriba - Moskvada elektrobuslar soni 600dan oshdi
Yangiliklar lentasi
0