https://oz.sputniknews-uz.com/20220516/okmkda-texnogen-chiqindilardan-oltin-va-kumush-olish-yolga-qoyildi-24577103.html
OKMKda texnogen chiqindilardan oltin va kumush olish yoʻlga qoʻyildi
OKMKda texnogen chiqindilardan oltin va kumush olish yoʻlga qoʻyildi
Ishlab chiqarishda qoʻllanilgan yangi texnologiya yiliga 59,2 mln dollar daromad olib keladi. 16.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-16T10:49+0500
2022-05-16T10:49+0500
2022-05-16T10:49+0500
iqtisod
olmaliq kmk
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/10/24577226_0:27:1000:590_1920x0_80_0_0_4cb405ae9fc2f837774826630149917b.jpg
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Mis eritish zavodining Metallurgiya tsexida konverter toshqollarini maydalash uchastkasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Endilikda zavodda texnogen chiqindilardan yiliga qoʻshimcha 789 tonna mis katodi, 58 kg oltin va 442 kg kumush ajratib olinadi. Bu haqda OKMK xabar berdi.Mis katodi, oltin va kumushlar 24 000 tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadi.Aytilishicha, texnogen chiqindilarni qayta ishlash loyihasi uchun ortiqcha mablagʻlar sarf etilmadi.Mis shteynlarini konverterlash jarayonida hosil boʻladigan texnogen chiqindilar (toshqollar), aylanma materiallarini maydalash hamda klinker (rux ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan chiqindi) bilan xomashyo qorishmasi tayyorlanib, Vanyukov pechida toʻgʻridan-toʻgʻri eritiladi.Xomashyodan mis tayyor mahsulotini ajratib olish koʻrsatkichi 93,87% tashkil etadi. Buning natijasida qoʻshimcha mahsulot olishga erishiladi.Ishlab chiqarishda qoʻllanilgan yangi texnologiya yiliga 7,04 mlrd soʻm mablagʻlarni tejash imkonini beradi.Qolaversa,Rux zavodi ham texnogen chiqindilarini qayta ishlash jarayoniga jalb qilindi. Rux zavodining 96 000 tonna texnogen chiqindilarini (klinker) qayta ishlash esa qoʻshimcha 2 028 tonna mis katodi, 121,2 kg oltin va 29,9 tonna kumush olish imkoniyatini yaratadi.Texnogen chiqindilarni qayta ishlash natijasida yiliga 59,2 mln dollar daromad olinadi.Qayta ishlash boʻyicha yiliga 26,2 mln dollar miqdorida mablagʻ sarflanib, 32,9 mln dollar iqtisodiy samaradorlikka erishilishi kutilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/10/24577226_89:0:911:616_1920x0_80_0_0_ccb6be383ad0600e6bf98d6a5aa7089b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
olmaliq kmk
OKMKda texnogen chiqindilardan oltin va kumush olish yoʻlga qoʻyildi
Ishlab chiqarishda qoʻllanilgan yangi texnologiya yiliga 59,2 mln dollar daromad olib keladi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Mis eritish zavodining Metallurgiya tsexida konverter toshqollarini maydalash uchastkasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Endilikda zavodda texnogen chiqindilardan yiliga qoʻshimcha 789 tonna mis katodi, 58 kg oltin va 442 kg kumush ajratib olinadi. Bu haqda OKMK
xabar berdi.
Mis katodi, oltin va kumushlar 24 000 tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadi.
Aytilishicha, texnogen chiqindilarni qayta ishlash loyihasi uchun ortiqcha mablagʻlar sarf etilmadi.
“Misni boyitish fabrikasini rekonstruktsiya qilish davomida almashtirilgan maydalagich (drobilka) metallolomga topshirilmadi, aksincha unga “ikkinchi hayot baxsh etildi”. Natijada mazkur obʼyektni ishga tushirish uchun 395 ming dollar mablagʻ sarflandi”, deyiladi xabarda.
Mis shteynlarini konverterlash jarayonida hosil boʻladigan texnogen chiqindilar (toshqollar), aylanma materiallarini maydalash hamda klinker (rux ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan chiqindi) bilan xomashyo qorishmasi tayyorlanib, Vanyukov pechida toʻgʻridan-toʻgʻri eritiladi.
Xomashyodan mis tayyor mahsulotini ajratib olish koʻrsatkichi 93,87% tashkil etadi. Buning natijasida qoʻshimcha mahsulot olishga erishiladi.
Ishlab chiqarishda qoʻllanilgan yangi texnologiya yiliga 7,04 mlrd soʻm mablagʻlarni tejash imkonini beradi.
Qolaversa,Rux zavodi ham texnogen chiqindilarini qayta ishlash jarayoniga jalb qilindi. Rux zavodining 96 000 tonna texnogen chiqindilarini (klinker) qayta ishlash esa qoʻshimcha 2 028 tonna mis katodi, 121,2 kg oltin va 29,9 tonna kumush olish imkoniyatini yaratadi.
Texnogen chiqindilarni qayta ishlash natijasida yiliga 59,2 mln dollar daromad olinadi.
Qayta ishlash boʻyicha yiliga 26,2 mln dollar miqdorida mablagʻ sarflanib, 32,9 mln dollar iqtisodiy samaradorlikka erishilishi kutilmoqda.