O‘zbekiston jamoasi Peterburgdagi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi musobaqa g‘olib bo‘ldi

© Foto: O‘zbekiston XTVO‘zbekiston jamoasi Sankt-Peterburgdagi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi musobaqa g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston jamoasi Sankt-Peterburgdagi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi musobaqa g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi "Shatlova" va "KURSK" terma jamoalarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. 12-15 may kunlari Sankt-Peterburgda XVIII xalqaro futbol turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
“Toshkentdagi 21 va 22-sonli hamda Chirchiqgi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishdi”, - deyiladi xabarda.
22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Abdulaziz Mannopov boshchiligidagi musobaqada terma jamoa "Shatlova" jamoasi ustidan 4-1 xisobida g‘alaba qozondi.
Yosh sportchilar final bosqichda "KURSK" terma jamoasini 5-4 xisobida mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
Yangiliklar lentasi
0