https://oz.sputniknews-uz.com/20220516/ozbekiston-tiv-rahbari-shht-bosh-kotibi-bilan-uchrashdi-24593288.html
Oʻzbekiston TIV rahbari SHHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston TIV rahbari SHHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan SHHT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi. 16.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-16T19:42+0500
2022-05-16T19:42+0500
2022-05-16T19:42+0500
siyosat
vladimir norov
chjan min
shanxay hamkorlik tashkiloti
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/10/24593256_0:77:1280:797_1920x0_80_0_0_7bfb22cf2a32a789ae08f226a98fecb3.jpg
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mamlakatga tashrif bilan kelgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi,TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan SHHT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.Oʻzbekistonning SHHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar Oʻzbekiston raisligida tashkilotning shu kungacha 40 dan ortiq tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtkazilganini qayd etdi hamda joriy yilning may-sentyabr oylariga moʻljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlarning tashkiliy masalalari va kun tartibini muhokama qildilar.Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston tashabbusi bilan SHHT doirasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular Tashkilot kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga xizmat qilmoqda. Xususan, SHHTga aʼzo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha ilk bor vazirlar yigʻilishlari tashkillashtirildi. 17 may kuni esa Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini boʻyicha masʼul idoralar rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.SHHT bosh kotibi asosiy voqea – 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik koʻrish, Samarqand sammitini mazmunan boyitish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuksak baholadi.Tomonlar boʻlajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish boʻyicha faol saʼy-harakatlarni davom ettirish zarurligini taʼkidladilar.SHHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat ham koʻrib chiqildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/10/24593256_58:0:1222:873_1920x0_80_0_0_cc5ef16cfddbf75e2bc25609c737f7a3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vladimir norov, chjan min, shanxay hamkorlik tashkiloti
Oʻzbekiston TIV rahbari SHHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan SHHT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mamlakatga tashrif bilan kelgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi,
TIV matbuot xizmati
xabariga koʻra, boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan SHHT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonning SHHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar Oʻzbekiston raisligida tashkilotning shu kungacha 40 dan ortiq tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtkazilganini qayd etdi hamda joriy yilning may-sentyabr oylariga moʻljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlarning tashkiliy masalalari va kun tartibini muhokama qildilar.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston tashabbusi bilan SHHT doirasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular Tashkilot kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga xizmat qilmoqda. Xususan, SHHTga aʼzo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha ilk bor vazirlar yigʻilishlari tashkillashtirildi. 17 may kuni esa Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini boʻyicha masʼul idoralar rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
SHHT bosh kotibi asosiy voqea – 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik koʻrish, Samarqand sammitini mazmunan boyitish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuksak baholadi.
Tomonlar boʻlajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish boʻyicha faol saʼy-harakatlarni davom ettirish zarurligini taʼkidladilar.
SHHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat ham koʻrib chiqildi.