Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya olimlari Amudaryo toʻqaylarini oʻrganishda muhim maʼlumotlarni toʻplashdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amudaryo toʻqaylariga tashkil etilgan ekspeditsiyada hududning floristik va fitosenotik xilma-xilligi oʻrganildi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi, Buxoro davlat universiteti va Rossiya Fanlar akademiyasi vakillari ishtirokida Amudaryo toʻqaylari hududida ekspeditsiya tashkil etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Tadqiqotchilar Amudaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, yaʼni Romitan, Tuproqqalʼa, Amudaryo, Beruniy, Nukus tumanlarida, shuningdek, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi va Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati hududlarini koʻzdan kechirishdi.
Dala tadqiqotlari davomida oʻrganilgan hududlardagi daryolarda toʻqay oʻsimliklarining (Populus, Elaeagnus, Salix, Tamarix, Glycyrrhiza) yosh holatlari tahlil qilindi. Bunda 150 dan ortiq geobotanik qaydnoma toʻldirildi.
Mutaxassislar tadqiqot hududining floristik va fitosenotik xilma-xilligini oʻrganishdi.
“Gidroiqlim va xronologiya maʼlumotlarini olish uchun daryo atroflaridagi muhit va relʼyefi bir xil boʻlgan model daraxtlar tanlandi. Har bir tanlangan nuqtadan bitta daraxt va har bir daraxtdan ikkitadan yillik halqa namunalari maxsus jihozlar yordamida olindi”, - deyiladi xabarda.
Landsat va Sentinel fazoviy yoʻldoshlari orqali olingan 30 dan ortiq kosmik fotosuratlar kalitli poligonlar bilan solishtirilib, hududlarning konturlari belgilandi.
Amudaryo vohasi toʻqay fitosenozlari bioxilma-xilligi dinamikasining xarakterini baholash va α- va β-bioxilma-xilligi indekslaridan foydalangan holda oʻsimliklar transformatsiyasining xavotirli indikatorlarini aniqlash uchun maʼlumotlar toʻplandi.
Toʻplangan maʼlumotlar asosida quyidagi natijalarga erishiladi:
mintaqaviy gidroiqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq holda keyingi 100-200 yillar davomida Oʻzbekiston toʻqay oʻrmonlarining oʻzgarish dinamikasi aniqlanadi;
muzliklarning erishi va daryo vodiysi toʻqay massivlari maydonining oʻzgarishi orasidagi korrelyatsion bogʻliqlik asoslab beriladi;
kelgusida toʻqay oʻsimliklari holatining oʻzgarishini aks ettiruvchi matematik model yaratiladi;
masofadan zondlash maʼlumotlarini tahlil qilish asosida fragmentlashgan ekosistemaning antropogen transformatsiyasi bosqichlari koʻrsatiladi.
Amalga oshirilgan geobotanik qaydnomalar Oʻzbekiston oʻsimlik jamoalarining maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. Ular Oʻzbekiston florasining ekologik shkalasini ishlab chiqishda foydalaniladi.
© Foto: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston va Rossiya olimlari Amudaryo toʻqaylarini oʻrganishdi - Sputnik Oʻzbekiston
1/5
© Foto: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston va Rossiya olimlari Amudaryo toʻqaylarini oʻrganishdi - Sputnik Oʻzbekiston
2/5
© Foto: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston va Rossiya olimlari Amudaryo toʻqaylarini oʻrganishdi - Sputnik Oʻzbekiston
3/5
© Foto: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston va Rossiya olimlari Amudaryo toʻqaylarini oʻrganishdi - Sputnik Oʻzbekiston
4/5
© Foto: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston va Rossiya olimlari Amudaryo toʻqaylarini oʻrganishdi - Sputnik Oʻzbekiston
5/5
Yangiliklar lentasi
0