Siyosat

OʻzLiDeP Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi

© Foto: UzLiDePSostoyalos zasedaniye fraktsii UzLiDeP
Sostoyalos zasedaniye fraktsii UzLiDeP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan oʻzgartirishlarni sanab oʻtgan edi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) deputatlari Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Taklif partiyaning Qonunchilik palatasidagi navbatdagi yigʻilishida bildirildi.
Taʼkidlanishicha, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni taʼminlovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga olib chiqmoqda.
“Shu sababli, bugun Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasining navbatdagi yigʻilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi”, - deyilgan xabarda.
Bu borada fraktsiya aʼzolari Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish boʻyicha oʻzlarining aniq pozitsiyalarini maʼlum qilishdi.
Konstitutsiyasini takomillashtirish boʻyicha ilgari surilayotgan tashabbus “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan qoʻshma yigʻilishda muhokamaga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 6 noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida toʻxtalgan edi. Keyin davlat rahbari 8 dekabr kuni xalqqa Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi munosabati yoʻllagan tabrigida taklif etilayotgan oʻzgartirishlarni sanab oʻtgan edi.
Yangiliklar lentasi
0