Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Parhezshunos qanday choy qonda shakarni kamaytirishini aytdi

© Pexels / Anna PouTravyanoy chay
Travyanoy chay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qora choy qonda shakar miqdorini kamaytiradi, qon bosimini tushiradi.
Parhezshunos Pokiza Gizam Oqgulning aytishicha, koʻk choy immunitetni mustahkamlaydi, qon bosimi va uning tarkibidagi shakar miqdorini meʼyorlashtiradi, saratondan himoya qiladi va semizlikning oldini oladi. Bu haqida Turkiyaning Sabah nashri xabar berdi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, bir oʻsimlikdan qora va yashil choy tayyorlanishiga qaramay, mahsulotlar qayta ishlash texnologiyasida farqlanadi. Xususan, yashil choy polifenollarga, B1 va B2 vitaminlariga boy, shuningdek, 10 barobar koʻproq S vitaminiga ega. Bundan tashqari, yashil choyda stressni yoʻqotuvchi teanin moddasi mavjud.
Parhezshunos bir kunda uch chashkadan ortiq choy ichishni tavsiya qilmaydi. Ayniqsa, qandli diabet, yurak-qon tomir, buyrak kasalliklari, hamda qalqonsimon bezda muammolari bor odamlarga koʻk choyni shifokor maslahati bilan isteʼmol qilishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0