https://oz.sputniknews-uz.com/20220516/prezident-shht-bosh-kotibi-chjan-minni-qabul-qildi-24593896.html
Prezident SHHT bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi
Prezident SHHT bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi
Mirziyoyev SHHT bosh kotibi bilan mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi 16.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-16T20:30+0500
2022-05-16T20:30+0500
2022-05-16T20:30+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
shanxay hamkorlik tashkiloti
chjan min
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/10/24593834_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e93a61e4d2a2c35cc8dfac91b9c9f996.jpg
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tashrif bilan boʻlib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.SHHT doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekistonning Tashkilotga raisligi davridagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.Joriy yil uchun rejalashtirilgan uchrashuv va yigʻilishlarning yarmi muvaffaqiyatli oʻtkazib boʻlingani mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarqand shahrida boʻlajak SHHT sammiti hujjatlarini kelishish borasida faol ish olib borilmoqda.Transport sohasida oʻzaro bogʻliqlik, “yashil” energetika, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi borasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.Pandemiyadan keyingi davrda faol madaniy-gumanitar aloqalar va turizm almashinuvini qayta tiklash lozimligi haqida yakdil fikr bildirildi.Uchrashuvda xalqaro kun tartibining dolzarb muammolariga ham toʻxtalib oʻtildi. Afgʻoniston masalasida SHHT rolini oshirish hamda ushbu mamlakatni infrutazilmaviy rivojlanish boʻyicha mintaqaviy dasturlarga faol jalb qilish zarurligi qayd etildi.Oʻzbekiston TIV rahbari SHHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/10/24593834_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b26779464ba11c6228c5f024b0c2bd78.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, shanxay hamkorlik tashkiloti, chjan min
Prezident SHHT bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi
Mirziyoyev SHHT bosh kotibi bilan mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda tashrif bilan boʻlib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. SHHT doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekistonning Tashkilotga raisligi davridagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.
Joriy yil uchun rejalashtirilgan uchrashuv va yigʻilishlarning yarmi muvaffaqiyatli oʻtkazib boʻlingani mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarqand shahrida boʻlajak SHHT sammiti hujjatlarini kelishish borasida faol ish olib borilmoqda.
Tomonlar barqarorlik va xavfsizlik uchun xavf tugʻdirayotgan xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda Tashkilot salohiyatini kuchaytirish, “Shanxay ruhi” printsiplari asosida koʻp tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini taʼkidlashdi.
Transport sohasida oʻzaro bogʻliqlik, “yashil” energetika, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi borasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Pandemiyadan keyingi davrda faol madaniy-gumanitar aloqalar va turizm almashinuvini qayta tiklash lozimligi haqida yakdil fikr bildirildi.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibining dolzarb muammolariga ham toʻxtalib oʻtildi. Afgʻoniston masalasida SHHT rolini oshirish hamda ushbu mamlakatni infrutazilmaviy rivojlanish boʻyicha mintaqaviy dasturlarga faol jalb qilish zarurligi qayd etildi.