Dunyoda

Toliblar ular armiyasi 130 ming kishidan iborat ekanini maʼlum qilishdi

© AP Photo / Khwaja Tawfiq SediqiFlag talibov
Flag talibov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fevral oyida toliblar yangi afgʻon armiyasiga 150 ming kishini qabul qilishlarini maʼlum qilishgandi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Afgʻonistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* ular armiyasi 130 ming kishini tashkil etishini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda TOLO News.
Fevral oyida toliblar yangi afgʻon armiyasiga 150 ming kishini qabul qilishlarini maʼlum qilishgandi. Qurolli kuchlarni yangilash dasturi doirasida tajribali zobitlarni qidirishga alohida eʼtibor berilgan.
“130 mingdan ziyod kishi roʻyxatga olindi va bu jarayon davom etmoqda. Roʻyxatdan oʻtkazish yakunlanganidan keyin afgʻonistonliklar mustaqil, yaxshi tuzilgan va sodiq armiyani koʻradi, u afgʻon oʻlkasi va chegaralari xavfsizligini taʼminlaydi va himoya qiladi”, - dedi "Tolibon"* hukumati Mudofaa vazirligi vakili Inoyatulla Havorizmiy.
Taʼkidlanishicha, qoʻshinlar uchun forma ishlab chiqilmoqda.

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0