Analitika

Bir qutbli dunyo tuzish boshlandi: Britaniya “global NATO” yaratishni taklif qildi

© AFP 2022 / PETRAS MALUKASThe US and The NATO flag flie in front of two US Air Force F-22 Raptor fighter aircrafts at the Air Base of the Lithuanian Armed Forces in Љiauliai, Lithuania, on April 27, 2016
The US and The NATO flag flie in front of two US Air Force F-22 Raptor fighter aircrafts at the Air Base of the Lithuanian Armed Forces in Љiauliai, Lithuania, on April 27, 2016 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sovuq urush davrida NATOning xavfsizlik chegarasi Berlin orqali oʻtgan boʻsa, bugun Alyans uni Janubiy-Xitoy dengiziga koʻchirmoqchi.
Polina Duxanova, Alena Medvedeva
Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass “global NATO” tuzishga chaqirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni nazorat qilish uchun tashkilot kengayishi zarur. Russia Today xabariga asosan.
Ekspertlarning fikriga koʻra, “global NATO” Gʻarb ishtirokchilarining bir qutblilik dunyo tamoyilini qaytarish istagi sifatida tushunilishi kerak. Unga koʻra boshqa davlatlarda dunyo tartibiga oʻz qarashlarini kiritish mumkin boʻladi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass shimoliy Atlantika ittifoqiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Berlinda boʻlib oʻtgan norasmiy uchrashuvida “global NATO” tuzish gʻoyasi bilan chiqdi.
“Biz global NATOga eʼtibor qaratishimiz muhim. Chunki biz Yevroatlantika xavfsizligini himoya qilgan holda, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlikka ham eʼtibor qaratishimiz kerak”, - deydi Trass.
Xuddi shunday bayonotni Trass 27 aprel kuni London shahri merining qarorgohi boʻlgan Menshn-Xausdagi Pasxa ziyofatida aytgan edi. Uning fikriga koʻra, zamaon talabiga koʻra, NATO ham Yevroatlantikada ham Hind-Tinch okeanida xavfsizlik uchun javob berishi kerak.
“Bizga global NATO kerak. Bu bilan men boshqa mintaqa davlatlarini aʼzolikka qabul qilishni nazarda tutmadim. Aytmoqchimanki, NATO global qarashga, global tahdidlarga qarshi kurashishga tayyor boʻlishi kerak”, - deydi Britaniya diplomatiyasi rahbari.
Shu munosabat bilan u Tinch okeani mintaqasini himoya qilishni taʼminlash uchun Yaponiya va Avstraliya kabi ittifoqchilar bilan hamkorlik qilish muhimligini taʼkidlagan.
“Biz Tayvan kabi demokratik davlatlar oʻzini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlishini taʼminlashimiz kerak”, - deydi vazir.
Liz Trass, shuningdek, mavjud global xavfsizlik tuzumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini qayd etdi.
“Ochiq tan olishimiz kerak, tinchlik va farovonlikni kafolatlash uchun yaratilgan tizim Ukrainada ish bermadi. Ikkinchi jahon urushidan va Sovuq urushdan keyin shakllangan Iqtisodiy va xavfsizlik tizimlari oʻz koʻrinishini yoʻqotdi”, - deydi Trass.
Shu bilan birga, u yangi va “adolatli” dunyo tartibini shakllantirishning asosiy dastaklaridan biri - savdo-iqtisodiy siyosat deb atadi va barcha mamlakatlar global bozorlarga chiqishga imkon boʻlishi uchun “qoidalarga asosan” oʻynashga chaqirdi.

Kelajak uchun ishlanmalar

NATOning kelajak strategiyasi haqidagi oʻz fikrlarini Liz Trass blokning iyun oyi oxirida Madridda boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan eʼlon qildi. Unda Shimoliy Atlantika alyansining yangi strategik kontseptsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida alyansning asosi va kontseptsiyasining oʻzagi - mudofaa va Rossiyani “jilovlab turish” ekanligini aytdi.
“Ishonch bilan ayta olamanki, bu strategik kontseptsiyada toʻliq aks etadi”, — deya uning soʻzlarini keltiradi TASS.
Biroq, Blinken AQSH Rossiya bilan munosabatlarni oʻrnatishga chaqiruvchi blok davlatlar qatoriga AQSH kiradimi, degan savolga javob berishdan qochdi. U, shuningdek, Rossiya-NATO taʼsis toʻgʻrisidagi qonunning maqomi va uni Vashington haqiqiy deb hisoblaydimi yoki aksincha ekanligi borasida ham izoh bermadi.
Ushbu masala boʻyicha aniqroq maʼlumotlarni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok taqdim etdi. Jurnalistlar bilan suhbatda u Yevropa va NATO bilan muloqot kanallarini yoʻq qilish uchun javobgarlik Rossiya zimmasida ekanligini aytdi. Uning fikricha Rossiya shartnomani bir tomonlama toʻxtatgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya-NATO toʻgʻrisidagi akt 1997 yil 27 mayda oʻsha paytdagi Rossiya prezidenti Boris Yeltsin va NATO Bosh kotibi Xavyer Solana tomonidan imzolangan. Ushbu hujjat Rossiya va alyans mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda, shuningdek, oʻzaro qarama-qarshilik va tajovuzkor harakatlarni rad etish ham belgilangan. Biroq shartnoma imzolangandan buyon NATO uni bir necha bor buzgan va 2014 yildan boshlab tomonlar oʻrtasidagi aloqalar uzilgan.

“Dunyoning neokolonial boʻlinishi”

NATOning global ambitsiyalari haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham 14 may kuni Tashqi va mudofaa siyosati boʻyicha kengashning 30-assambleyasida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda NATO demokratik davlatlar hamjamiyatining avangardi sifatida jahon siyosati masalalarida BMT oʻrnini egallashi yoki hech boʻlmaganda uni oʻziga boʻysundirishi kerak degan fikr ilgari surilmoqda.
Buning uchun “qoidalarga asoslangan tartib” tushunchasi joriy etilmoqda, ammo u “qoidalarni” hech kim koʻrmagan, muhokama qilmagan va maʼqullamagan, deydi vazir. Shuningdek oʻsha “qoidalar” kollektiv Gʻarbda demokratiyani ham, plyuralizmni ham nazarda tutmaydi, deydi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
“Gap blok ichida qattiqqoʻl tartib-intizomini qayta tiklash, “ittifoqchilar”ning Vashington buyrugʻiga soʻzsiz boʻysunishi haqida boryapti”, - deb tushuntiradi Lavrov.
Misol sifatida Lavrov AQSH foydasiga oʻz suverenitetini tobora yoʻqotayotgan, Yevropani keltirdi. YEI xavfsizlik masalalarida asta-sekin NATO bilan birlashib bormoqda. Rossiya TIV rahbari, shuningdek, dastlab, Sovuq urush davrida Berlin devori boʻylab “mudofaa chizigʻi” oʻtganini, biroq oʻshandan buyon u bir necha bor sharqqa siljiganini eslatib oʻtdi.
“Endi esa ular bizga... NATO xavfsizlik muammolarini, birinchi navbatda, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi masalalarini hal qilish uchun global masʼuliyat ekanligini aytishyapti. Yaʼni keyingi mudofaa chizigʻi, tushunganishimcha, Janubiy-Xitoy dengizi hududiga oʻtkaziladi”, — deydi Lavrov.
Uning taʼkidlashicha, shu munosabat bilan, bugun kelajakdagi dunyo tartibi qanday boʻlishi hal qilinmoqda – adolatli va koʻp markazlimi yoki butun dunyo kiichk guruh mamlakatlarga boʻysoʻngan “neokolonial boʻlinishmi” degan savol turibdi

AQSH manfaatlari yoʻlida

Rossiya Strategik Tadqiqotlar instituti tadqiqotlarni muvofiqlashtirish markazi yetakchi eksperti Sergey Yermakovning soʻzlariga koʻra, Liz Trassning NATOning global tabiati haqidagi fikrlari har tomonlama yetakchilikka erishishga urinayotgan AQShning “siyosiy buyurtmasi”ga mos keladi.
“Shundan kelib chiqib, “global NATO” gʻoyasi alyans oʻz geografiyasini, masʼuliyat doirasini kengaytirishini, yaʼni Xitoy manfaatdor boʻlgan mintaqani ham egallashni anglatadi. Xitoyni jilovlash esa Madridda boʻlajak sammitning asosiy masalalaridan biri boʻladi”, - deydi tahlilchi RT bilan boʻlgansuhbatda.
U shuningdek, blokni global funktsiyalar bilan taʼminlash tendentsiyasi 2012 yilda Chikagodagi sammitda aks etgani haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Oʻshanda alyans aʼzolari hamkorlik tamoyillarini ilgari surish, kengayish siyosati va blok chegaralaridan ancha uzoqda joylashgan yangi mamlakatlarni NATO orbitasiga jalb etishga eʼtibor qaratgan.
Biroq, aslida, Yermakovning fikrlariga koʻra, NATO hatto Yevropa xavfsizligini ham taʼminlay olmaydi.
“Aksincha, alyans mintaqada xavfsizlik arxitekturasini buzadi. Bu esa yangi harbiy mojarolarga olib keladi. Sabab shundaki, NATO xavfsizlik ajralmasligi kabi universal printsipga rioya qilishga vaʼda bergan holda juda jiddiy tanlab oladi”, - deydi ekspert.
Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori oʻrinbosari Pavel Feldmanning soʻzlariga koʻra, Buyuk Britaniya TIV rahbarining fikrlari “global NATO” Vashington juda koʻp intilayotgan bir qutbli dunyoni oʻrnatishi kerak deganini anglatadi.
“Yaʼni, barcha davlatlar oxir-oqibat oʻz hududlarida Amerika va Britaniya harbiy bazalarini joylashtirishi va shu tariqa harbiy-siyosiy suverenitetini yoʻqotadishga majbur boʻladi”, - deydi mutaxassis RT telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, uning taʼkidlashicha, alyansning barcha aʼzolari bunday ambitsiyali taklifni qoʻllab-quvvatlashi amri mahol. Feldmanning fikricha, bu gʻoyaga qarshi tomonlardan biri sifatida Turkiya chiqishi mumkin. U bunday tashabbuslarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlib, barcha xavf va xarajatlarni sogʻlom aql bilan baholaydi. Qolaversa, AQSH hozir ittifoqchilarini Xitoy bilan qarama-qarshilikka tortishga faol harakat qilyapti, unga qarshi gibrid urushni boshlayapti. Chunki Xitoy ham Rossiya bilan birgalikda Vashingtonning global gegemonlik yoʻliga qarshi turibdi.
“Ammo bu Vashington ushbu gʻoyani amalga oshirishni boshlasa, kengayishning boshqa yoʻllarini topa olmaydi, degani emas. Agar Vashington qadamni qoʻysa, bu alyansning asl funtsionalligini tubdan oʻzgartiradi va bir qutbli dunyo tartibiga rozi boʻlmagan boshqa dunyo oʻyinchilari tomonidan qarshilikka uchrashi mumkin. Ehtimol, bu ularni oʻz kelishmovchiliklariga koʻz yumib biror alyans tuzishga undaydi”, - deydi Feldman.
Yangiliklar lentasi
0