Italiyaning “Eni” kompaniyasi bank hisobini rublda ochishga tayyor

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishNeftegazovie predpriyatiya Strasburga
Neftegazovie predpriyatiya Strasburga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
“Bloomberg” yozishiga ko‘ra, bu Yevropaning Moskvaga qarshi birlashgan jabhasi parchalanib borayotganining so‘nggi belgisidir.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Italiya energetika kompaniyasi “Eni” Rossiya talablarini bajargan holda “Gazprombank”da rublda hisob raqam ochishga tayyorlanmoqda. Bu hada “Bloomberg” kompaniyaga yaqin manbalarga tayanib, xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining fikricha, kompaniya joriy oydagi zarur to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va gaz ta’minoti uchun har qanday xavf-xatarni oldini olish maqsadida “Gazprombank”da hisobvaraq ochish jarayonini 18-maydan boshlaydi.
“Bu Yevropaning Moskvaga qarshi birlashgan jabhasi parchalanib borayotganining so‘nggi belgisidir”, deyiladi xabarda. Rubl hisobvaraqlarini ochish “Eni” tomonidan ehtiyot chorasi hisoblanadi. Ushbu harakat kompaniyaga Rossiyaning gaz uchun to‘lovni rublda to‘lash talabini bajarishga imkon beradi.
Biroq, kompaniya vakili mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi va firma ikkita hisob raqam ochish niyatida ekanligini inkor qildi.
Avvalroq, “Bloomberg” manbalarga tayanib, Rossiya gazi uchun to‘lovlar yevrodan rublga o‘tkazilgan taqdirda “Eni” may oyida to‘lovni amalga oshirish niyatida ekanligini yozgan edi.
“Eni” 66 mamlakatda faoliyat yurituvchi va 32 000 ga yaqin odamni ish bilan ta’minlagan energiya kompaniyasi. Neft va gazni qidirish, o‘zlashtirish hamda qazib olish bilan shug‘ullanadi.
“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda kamida 20 ta yevropalik xaridor “Gazprombank”da rublda hisob raqamlar ochgan va yana 14 nafari buning uchun zarur hujjatlar to‘playapti.
Eslatib o‘tamiz, 31-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan gaz savdosi qoidalari to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu kabi davlatlar Rossiya banklarida rublda hisob ochishi kerak. Agar do‘st bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan xaridorlar yangi to‘lov shartlarini bajarmasa, amaldagi gaz yetkazib berish shartnomalari to‘xtatiladi.
Hozirgi vaqtda Rossiya iste’mol qilinadigan gazning qariyb 40 foizini Yevropaga eyetkazib beradi va uning eng yirik eksportchisi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0