Dunyoda

KXSHT kuzda Markaziy Osiyo hududida mashgʻulotlar oʻtkazadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishUcheniye ODKB «Vzaimodeystviye-2018»
Ucheniye ODKB «Vzaimodeystviye-2018» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
KXSHT vazifasi - aʼzo mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng koʻlamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga aʼzo davlatlar kuzda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda bir qator qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Moskvada boʻlib oʻtayotgan uyushmaning yubiley sammitida aytib oʻtdi.

“Joriy yilning kuzida tashkilotimizning Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda bir qator qoʻshma mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Ishonchim komilki, bu tadbirlar jangovar shaylikni, davlatlarimiz harbiy tuzilmalarining muvofiqlik darajasini, umuman olganda, jangovar tayyorgarlikni oshirishga xizmat qiladi”, deydi Rossiya prezidenti.

Uning soʻzlariga koʻra, KXSHT kuchlarini zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlash, harbiy kontingentlarning tezkor muvofiqligini oshirish, harbiy tuzilmalar va maxsus xizmatlarning birgalikdagi harakatlarining uygʻunligini takomillashtirish zarur.
Eslatib oʻtamiz, 16 may kuni Moskvada KXSHTning 30 yilligiga bagʻishlangan sammit boshlandi.
Maʼlumot uchun, 1992 yil 15 may sanasida sobiq sovet respublikalari oʻrtasida Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi va u 1994 yilning 20 aprelidan boshlab kuchga kirdi.
KXSHTning vazifasi qoʻshin va yordamchi boʻlinmalarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng koʻlamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo.
Yangiliklar lentasi
0