Siyosat

Mirziyoyev va Toqayev mintaqaviy dolzarb masalalarni muhokama qildi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta KazaxstanaTokayev obsudil s Mirziyoyevыm torgovыe svyazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii
Tokayev obsudil s Mirziyoyevыm torgovыe svyazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Telefon orqali suhbat avvalida Oʻzbekiston rahbari Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekiston rahbari suhbat avvalida qozogʻistonlik hamkasbini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozogʻistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
Oʻzbekiston-Qozogʻiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qayd etilishicha, yil boshidan oʻzaro savdo koʻrsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Yaqinda mamlakatlar oʻrtasida temir yoʻlda yoʻlovchi tashish qayta tiklandi.
Kuni kecha Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat delegatsiyalari oʻtkazgan muzokaralarning amaliy natijalari yuqori baholandi. Qoʻshma kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani taʼkidlandi.
Ikki mamlakat yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Yangiliklar lentasi
0