O‘zbekistonda 18-may kuni barcha muzeylar bepul xizmat ko‘rsatadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKartini v muzee im. Saviskogo v Nukuse
Kartini v muzee im. Saviskogo v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
18 may xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan bir qator muzeylarda o‘nlab bayram dasturlari va yangi ko‘rgazmalar ochiladi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. 18-may kuni barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lum qildi.
Ertaga O‘zbekistonda barcha muzeylarda xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanadi. Shu kuni “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi va o‘nlab bayram dasturlari hamda yangi ko‘rgazmalar ochiladi.
Muzeylarda o‘tkaziladigan tadbirlar:
Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida Sapakeshvaning “Mahorat darsi” ;
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida “Muzeyga qimmatli qo‘lozmalar va hujjatlar taqdim qilgan insonlar” ko‘rgazmasi;
Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida "Muzeylar moziydan so‘zlaydi" mavzusida tadbir;
Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘idagi “Blindaj” ko‘rgazmasi hamda “Muzeylarning madaniy merosimizni asrashdagi ahamiyati” mavzusida davra suhbati;
Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasida “Ochiq eshiklar kuni”, “Muzeylar -tariximiz kuzgusi” nomli tadbir;
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi oltin xazinasi nomli ko‘rgazma, muzeylar ekspozitsiyalari kataloglarining taqdimoti;
Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyida “Muzeyda tun” loyihasi doirasida “Tarixni zabt etgan osmon” nomli tungi sayohat, ko‘rgazmasi;
O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi “O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi tarixi” nomli ko‘rgazmalar.
Mohinur Imomovaning so‘zlariga ko‘ra, muzeylarga o‘tgan yilda 3 158 928 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Muzeylar tomonidan jami 8 milliarddan ziyod pullik xizmat ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikada jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. Respublika muzeylari fondlarida jami 2 553 056 ta muzey ashyosi va kolleksiyasi mavjud.
Hozirda davlat muzeylaridagi chipta narxlari o‘quvchi va talabalarga 2 000—5 000 so‘m, mahalliy fuqarolarga 2 000—25 000 so‘m, xorijiy fuqarolarga 10 000—35 000 so‘m etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0