Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

RT: britaniyalik yollanma asir uni Buchaga joʻnatishgani haqida soʻzlab berdi

© AP Photo / Vadim GhirdaVoyennoslujaщiye ukrainskix Voorujennыx sil v Buche
Voyennoslujaщiye ukrainskix Voorujennыx sil v Buche - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilgan britaniyalik yollanma askar uni qanday qilib Ukraina tomoni provokatsiya uyushtirgan Bucha shahri chekkasiga joʻnatishganini soʻzlab berdi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Asirga tushgan britaniyalik yollanma jangchi Endryu RT telekanaliga uni qanday qilib Ukraina tomoni provokatsiya uyushtirgan Bucha shahri chekkasiga joʻnatishganini soʻzlab berdi.
Asirning soʻzlariga koʻra, u u yerda taxminan 3-5 aprel kunlari boʻlgan va jang izlarini koʻrmagan.
“Bizni Buchaga u yerdan ruslar ketishi bilan joʻnatishdi. Men u yerda mahalliy aholi bilan muloqot qildim. Biz Buchaning oʻzida boʻlmadik, faqat uning chekka joylarida boʻldik. <...> Shaxsan men hech qanday jasadlarni koʻrmadim ”, - dedi Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilgan yollanma.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Buchadagi voqealar uyushtirilgan sahna koʻrinishi ekanini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, hukumat uning tashkilotchisi kim va qaysi mamlakatdan ekani va provokatsiya ortidan kim turganini oshkor qiladi.
26 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda Buchadagi voqealarga Rossiya Qurolli kuchlarining aloqasi yoʻqligi va Moskva buni kim uyushtirganini bilishini aytgan edi.
2 va 3 aprel kunlari Ukraina tomoni Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida tinch aholi orasida koʻplab qurbonlar borligi haqida xabar tarqata boshladi. Oʻshanda Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan rossiyalik harbiylarning Buchadagi goʻyoki harbiy jinoyatlari haqidagi surat va videolari provokatsiya ekanini maʼlum qildi. Vazirlik Rossiya armiyasi Buchada boʻlib turgan paytda mahalliy aholi jabr koʻrmaganini alohida urgʻuladi.
Keyinchalik Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Buchadagi voqealar Buyuk Britaniyaning psixologik operatsiya ekanini maʼlum qildi. Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Lukashenko unga bu feyklarni fosh qiluvchi hujjatlarni bergan.
Rossiya Tergov qoʻmitasi Buchadagi provokatsiyadan soʻng Rossiya Qurolli kuchlariga oid feyklar toʻgʻrisida jinoiy ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0