Iqtisod

Soliq tushumlari oshdi

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Oʻzbekistonda davlat byudjetiga tushayotgan soliqlar miqdori sezilarli darajada oshmoqda. Bu haqida Davlat Soliq qoʻmitasi xabar qilmoqda.

2022 yilning birinchi choragida byudjetga 34 495 mlrd. soʻm soliq topshirilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 117%ga koʻp, deyiladi DSQ xabarida.

Soliq tushumlari asosan oʻsishi asosan quyidagi soliq turlari hisobidan boʻlgan:
foyda soligʻi +19%;
qoʻshilgan qiymat soligʻi +15%;
aylanmadan olinadigan soliq +5%.
Soliqlar oshishida QQS yigʻib olish samaradorligi muhim ahamiyat kasb etgan. Navoiy viloyati (+193%), Toshkent shahri (+186%) va Fargʻona viloyatida (+183%) QQS yigʻib olish darajasi sezilarli oshgan. Oʻrtacha hisobda hududlarda QQS yigʻib olish darajasi + 160%ni qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0