https://oz.sputniknews-uz.com/20220517/transafgon-temir-yolida-dala-ishlari-may-oyi-oxirigacha-boshlanadi-24588435.html
Transafgʻon temir yoʻlida dala ishlari may oyining oxiriga qadar boshlanadi
Transafgʻon temir yoʻlida dala ishlari may oyining oxiriga qadar boshlanadi
Uzunligi 600km boʻlgan transafgʻon temir yoʻli, Mozori Sharif, Samangan, Pul-ye-Xumri, Kobul, Loʻgar va Jaloloboddan oʻtib Pokistongacha yetib boradi. 17.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-17T10:02+0500
2022-05-17T10:02+0500
2022-05-17T10:06+0500
iqtisod
afgʻoniston
temir yoʻl
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/05/15945434_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_918526477bf40b480229a5f62bd5f255.jpg
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. May oyining oxiriga qadar Afgʻonistonda temir yoʻl qurilishi boʻyicha dala ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda Afgʻoniston temir yoʻllari departamenti rahbari Baxt-ur-Rahmon Sharafatga asosan “ToloNews” xabar berdi. Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi boshligʻi Baxt-ur-Rahmon Sharafatning aytishicha, Transafgʻon temir yoʻli qurilishida olgʻa siljish boʻlib, bir oy ichida uni oʻrganish boshlanadi. “Texnik guruhlar shu oyda oʻz ishini boshlashi kutilmoqda, hozir barcha boʻlimlarda bu masala muhokama qilinyapti”, dedi Baxt-ur-Rahmon Sharafat.Transafgʻon temir yoʻlining amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlash va ular oʻrtasidagi savdo-sotiqni osonlashtirishga yordam beradi. Afgʻoniston Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Abdul Latif Nazariyga koʻra, uning sharofati bilan Afgʻoniston mintaqaviy markazga aylanadi va qashshoqlik muammosini hal qila oladi.“Afgʻoniston-Turkmaniston-Pokiston temir yoʻli Afgʻonistonni mintaqaviy markazga aylantirishi va mamlakatda ish oʻrinlari yaratish hamda qashshoqlikni kamaytirishda muhim rol oʻynashi mumkin”, dedi Abdul Latif Nazariy.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda bir necha yillardan buyon janubiy yoʻnalishlarning tashqi savdodagi rolini oshirish choralari koʻrilmoqda. Qayd etilishicha, bu dengiz portlariga tezroq va arzonroq yoʻldir. Biroq yaqin-yaqingacha Afgʻonistondagi vaziyat taraqqiyotga toʻsqinlik qilib kelgan.Transafgʻon temir yoʻlini qurish tashabbusi 2018 yilda boshlangan edi. 573 km uzunlikdagi marshrut 4,8 mlrd dollarga baholanmoqda.Maʼlum qilinishicha, unga Rossiya temir yoʻllari qiziqish bildirgan. Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi tranzit yiliga 20 million tonnagacha yukni tashkil etadi.Ishning boshlanishi 2021 yil sentyabriga rejalashtirilgan edi, biroq Afgʻonistonda hokimiyat almashishi ularga toʻsqinlik qildi. Dekabr oyida Afgʻoniston muvaqqat hukumati loyihaga qoʻshildi va mart oyida loyiha rasman ishga tushirildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/05/15945434_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_dc1be5f38ef7e9917d10242275fd228d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
afgʻoniston, temir yoʻl
Transafgʻon temir yoʻlida dala ishlari may oyining oxiriga qadar boshlanadi
10:02 17.05.2022 (yangilandi: 10:06 17.05.2022) Uzunligi 600km boʻlgan transafgʻon temir yoʻli, Mozori Sharif, Samangan, Pul-ye-Xumri, Kobul, Loʻgar va Jaloloboddan oʻtib Pokistongacha yetib boradi.
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. May oyining oxiriga qadar Afgʻonistonda temir yoʻl qurilishi boʻyicha dala ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda Afgʻoniston temir yoʻllari departamenti rahbari Baxt-ur-Rahmon Sharafatga asosan “ToloNews”
xabar berdi.
Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi boshligʻi Baxt-ur-Rahmon Sharafatning aytishicha, Transafgʻon temir yoʻli qurilishida olgʻa siljish boʻlib, bir oy ichida uni oʻrganish boshlanadi. “Texnik guruhlar shu oyda oʻz ishini boshlashi kutilmoqda, hozir barcha boʻlimlarda bu masala muhokama qilinyapti”, dedi Baxt-ur-Rahmon Sharafat.
Rejaga koʻra, Mozori Sharifdan yoʻnalish Samangan, Pul-ye-Xumri, Kobul, Loʻgar va Jaloloboddan oʻtib, Pokiston bilan chegaragacha boradi. Uning uzunligi taxminan 600 km boʻladi.
Transafgʻon temir yoʻlining amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlash va ular oʻrtasidagi savdo-sotiqni osonlashtirishga yordam beradi. Afgʻoniston Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Abdul Latif Nazariyga koʻra, uning sharofati bilan Afgʻoniston mintaqaviy markazga aylanadi va qashshoqlik muammosini hal qila oladi.
“Afgʻoniston-Turkmaniston-Pokiston temir yoʻli Afgʻonistonni mintaqaviy markazga aylantirishi va mamlakatda ish oʻrinlari yaratish hamda qashshoqlikni kamaytirishda muhim rol oʻynashi mumkin”, dedi Abdul Latif Nazariy.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda bir necha yillardan buyon janubiy yoʻnalishlarning tashqi savdodagi rolini oshirish choralari koʻrilmoqda. Qayd etilishicha, bu dengiz portlariga tezroq va arzonroq yoʻldir. Biroq yaqin-yaqingacha Afgʻonistondagi vaziyat taraqqiyotga toʻsqinlik qilib kelgan.
Transafgʻon temir yoʻlini qurish tashabbusi 2018 yilda boshlangan edi. 573 km uzunlikdagi marshrut 4,8 mlrd dollarga baholanmoqda.Maʼlum qilinishicha, unga Rossiya temir yoʻllari qiziqish bildirgan. Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi tranzit yiliga 20 million tonnagacha yukni tashkil etadi.
Ishning boshlanishi 2021 yil sentyabriga rejalashtirilgan edi, biroq Afgʻonistonda hokimiyat almashishi ularga toʻsqinlik qildi. Dekabr oyida Afgʻoniston muvaqqat hukumati loyihaga qoʻshildi va mart oyida loyiha rasman ishga tushirildi.