https://oz.sputniknews-uz.com/20220517/xtv-songgi-qongiroqni-otkazishga-tavsiyalarni-ishlab-chiqdi-24623861.html
XTV “Soʻnggi qoʻngʻiroq”ni oʻtkazishga oid tavsiyalarni ishlab chiqdi
XTV “Soʻnggi qoʻngʻiroq”ni oʻtkazishga oid tavsiyalarni ishlab chiqdi
Taʼkidlanishicha, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari uchun turli xil pul yigʻimlari qatʼiyan taʼqiqlanadi 17.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-17T19:25+0500
2022-05-17T19:25+0500
2022-05-17T19:38+0500
jamiyat
maktab
xalq taʼlimi vazirligi (xtv)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/829/31/8293171_0:1413:1953:2512_1920x0_80_0_0_9de0109eba41c285894422523f79ba9d.jpg
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqib, barcha maktablarga yubordi.25 may kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2021-2022 oʻquv yili yakunlanib, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtadi.Vazirlik tavsiyasiga koʻra, tadbirlar maktab hovlisi bogʻida yoki soya salqin ochiq maydonlarida oʻtkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan stsenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib ragʻbatlantiriladi.Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari va oʻqituvchilarga bitiruvchilarning turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etishi, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) oʻtkazishi va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishini oldini olishga alohida eʼtibor qaratish soʻralgan.Maktablarning “Kuzatuv kengashi” aʼzolariga yuqorida keltirib oʻtilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/829/31/8293171_0:1230:1953:2695_1920x0_80_0_0_20c387c6c9799adcfbee36bdf2afd165.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
maktab, xalq taʼlimi vazirligi (xtv)
XTV “Soʻnggi qoʻngʻiroq”ni oʻtkazishga oid tavsiyalarni ishlab chiqdi
19:25 17.05.2022 (yangilandi: 19:38 17.05.2022) Taʼkidlanishicha, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari uchun turli xil pul yigʻimlari qatʼiyan taʼqiqlanadi
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqib, barcha maktablarga yubordi.
25 may kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2021-2022 oʻquv yili yakunlanib, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Vazirlik
tavsiyasiga koʻra, tadbirlar maktab hovlisi bogʻida yoki soya salqin ochiq maydonlarida oʻtkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.
Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan stsenariy asosida tashkil etiladi. Unda yil davomida aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib ragʻbatlantiriladi.
“Shu oʻrinda barchaga “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlari qatʼiyan taʼqiqlanganligini eslatib oʻtamiz”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari va oʻqituvchilarga bitiruvchilarning turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etishi, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) oʻtkazishi va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishini oldini olishga alohida eʼtibor qaratish soʻralgan.
Maktablarning “Kuzatuv kengashi” aʼzolariga yuqorida keltirib oʻtilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.