Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi Rossiyaga harakat erkinligini beradi - Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Vashington siquvi ostida Finlyandiya va Shvetsiya, qilayotgan narsa Rossiya qo‘llarini yechayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. AQSh Finlyandiya va Shvetsiyani NATOga qo‘shilishga majburlab, Rossiyaga harakat erkinligini beradi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova "Solovyev Live" efirida.
“Vashington siquvi ostida Finlyandiya va Shvetsiya, ularning siyosiy kuchlari, xalqlari emas, qilayotgan narsa, Rossiya qo‘llarini yechmoqda, - dedi Zaxarova. – Bugun Vashington o‘n yillar davomida harbiy blokka kirmaslik betaraf siyosatini olib borgan bu mamlakatlarni bosim ostida majburlab, ularning strategik yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majburlab, qo‘llarimizni yechdi”.
15 may kuni Finlyandiya NATOga qo‘shilishga qaror qilganini rasman e’lon qildi. Uning ortidan Shvetsiya ham shunday qarorga kelganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Shvetsiya agar uning arizasi ma’qullansa, u o‘z hududida yadro quroli va harbiy bazalarni joylashtirishga qarshi chiqishini bildirgan.
Rossiya NATO ziddiyatni maqsad qilib olganini bir necha marta ta’kidlagan.
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lsa Rossiya qanday chora ko‘radi?
Yangiliklar lentasi
0