Boshqirdiston o‘zbek gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

© BashinformBashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Respublika rahbarining fikricha, respublikada bunday zavodning ochilishi “yengil sanoat rivoji uchun yaxshi turtki” bo‘lardi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Boshqirdiston Respublikasi rahbari O‘zbekistonga safari chog‘ida Samarqanddagi gilam ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Radiy Xabirov SAG (“Sam Antep Gilam”) kompaniyasi rahbariyatiga xuddi shunday ishlab chiqarishni Boshqirdistonda ham amalga oshirishni taklif qildi.
© BashinformBashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
“Bizning Boshqirdistonda hozircha bunday zavod yo‘q. Ammo ko‘plab uy-joy qurilayotgani hisobga olinsa, gilam mahsulotlariga talab yuqori. Biz xomashyo, infratuzilma va jihozlar, gilam va sun’iy materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taklif qilishimiz, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkorlar uchun yaxshi savdo bozorini ochishimiz mumkin”, - dedi Xabirov.
Boshqirdiston rahbarining fikricha, respublikada bunday zavodning ochilishi “yengil sanoat rivoji uchun yaxshi turtki” bo‘lardi.
© BashinformBashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
SAG zavodi Samarqand viloyatida joylashgan. Korxona 2000-yilda kichik to‘qimachilik fabrikasi sifatida ochilgan. Bugungi kunda bu yerda mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Ular yiliga 12 million kvadrat metrgacha bo‘lgan gilamlar ishlab chiqaradi. Mahsulotning taxminan 60 foizi eksport qilinadi - kompaniya gilamlarni butun dunyo bo‘ylab kompaniya do‘konlari tarmog‘i va Internet orqali sotadi. Zavod avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu qo‘l mehnati miqdorini kamaytiradi va mahsulot tannarxini pasaytiradi.
© BashinformBashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Bundan tashqari, Xabirovning so‘zlariga ko‘ra, Boshqirdiston O‘zbekistondan sabzavot va mevalar, shuningdek, to‘qimachilik, gazlama, trikotaj hamda kiyim-kechak import qilishga qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, mintaqa quruq sut, kungaboqar yog‘i, inkubatsiya tuxumlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor.
“Biz Samarqandga mashinasozlik majmuamiz, stanoksozlik zavodlarimiz mahsulotlarini yetkazib berishga tayyormiz. Va, albatta, turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz”, deb yozib qoldirdi Xabirov o‘zining Telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, Radiy Xabirov boshchiligidagi Boshqirdiston delegatsiyasi 16-maydan buyon O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 18-may kuni bu yerda viloyatning sarmoyaviy va iqtisodiy salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tishi, tomonlar o‘rtasida 200 million dollarga yaqin sarmoyaviy bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
© BashinformBashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Bashkiriya xochet naladit proizvodstvo uzbekskix kovrov
Yangiliklar lentasi
0