Kolumnistlar

Yevropa taqdiri: Erdogʻan omma oldida Finlyandiya va Shvetsiyaning obroʻsini toʻkmoqda

© Foto : NATOShtab-kvartira NATO v Bryussele
Shtab-kvartira NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uzoq yillar davomida betaraflikni saqlab kelgan Yevropaning ikki davlati umri tugab borayotgan tizim uchun oʻzini qurbon qilishga qaror qildi. Butun Yevropa taqdiri ham shunga oʻxshash boʻlsa ajab emas...
Bugun Finlyandiya va Shvetsiyaning birgalikda NATOga aʼzo boʻlish uchun rasmiy ariza topshirishi kutilmoqda.
Bir necha kun oldin Vladimir Putin finlyandiyalik hamkasbini va shu bilan birga butun Gʻarbni ushbu qarorga xotirjam munosabatda boʻlgani bilan hayratda qoldirdi - munosabat “kutilganidan ham vazminroq” oʻzini toʻtgan edi.
Endi esa, Rossiya prezidentining vazminligi unga hamma narsani biladigan va jahon siyosatining iplarini tortib turadigan yovuz daho timsolini yaratuvchi yana bir fitna nazariyasiga asos boʻladi. Shimoliy Atlantika birdamligining asal bochkasiga Rajab Toyyib Erdoʻgʻan tomonidan bir qoshiq sogʻlom qatron solinadigan boʻldi. Shunday ekan, alyansning tez va ishtiyoq bilan kengayishi oʻrniga, dunyo soʻnggi yillarda tanish boʻlgan ommaviy janjal, shantaj, ishontirish, tahdid va tahqirlashlarning navbatdagi komediyasini kutmoqda.
Ustiga-ustak, birinchi navbatda, NATOni oʻz aʼzoligi bilan xursand qilishga qaror qilgan va ularning oldida qizil gilam yoyilishini kutgan finlar va shvedlarning oʻzlari haqoratlanadi, ostonada oyoq tirab turib olgan tilanchi-arizachilarga aylanadi. Eng hayratlanarlisi Vashington yoki Bryussel oldida emas, balki Anqara eshigi oldida.
Turkiya bildirayotgan shikoyatlarning mohiyati juda oddiy: Shvetsiya va Finlyandiya uzoq yillardan beri kurdlarni qoʻllab-quvvatlash borasida izchil siyosat yuritib keladi. Har ikki davlat kurd faollariga siyosiy boshpana beradi. Shvetsiya parlamentida olti nafar kurd deputati bor. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda 2016-yilda harbiy toʻntarish tashabbusini uyushtirganlikda ayblanayotgan voiz Fathulloh Gyulan tarafdorlarini birlashtirgan FETO partiyasi aʼzolari boshpana topgan.
Anqara Qurdiston ishchi partiyalari aʼzolarini ham, gyulenchilarni ham terrorchi deb hisoblaydi. Turkiya OAVlariga koʻra, Stokholm va Xelsinki Qurdiston ishchilar partiyasi va FETOdan 33 kishini turklarga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan. Baʼzi ekstraditsiya soʻrovlari rad etilgan, baʼzilari esa shunchaki eʼtiborga olinmagan.
Umuman olganda, suveren siyosiy ambitsiyalarni baland ovozda eʼlon qilish imkoniyatini qoʻldan boy bermaygan Erdoʻgʻonning sharoit va siyosatini hisobga olsak, Anqaraning demarshini kutish mumkin edi. Va u eng qattiq va toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda yoʻl tutdi. Turkiya prezidenti Shvetsiyani “terrorizm oʻchogʻi” deb atadi, uning mamlakati ikki davlatning NATOga kirishiga “ha” deb javob berolmasligini aytdi va bundan xafa boʻlmaslikni soʻradi. Bundan tashqari, vaziyatni shvedlar va finlar uchun butunlay haqoratli qilish maqsadida Erdoʻgʻon Turkiya mamlakati Stokholm va Xelsinkining “terrorizmga qarshi bayonotlari”ga, hatto ular amalga oshsa ham ishonmasligini qoʻshimcha qilgan. Bu mavzuda turklar bilan muzokara olib borishi kerak boʻlgan har ikki davlat delegatsiyasiga ham “bezovta qilmaslik”ni maslahat bergan.
Kimdir sodir boʻlayotgan vaziyat Erdoʻgʻonga shantaj va savdolashishi uchun bahonadan boshqa narsa emas va oxir-oqibat Vashington NATO saflarini toʻldirish uchun Turkiyani koʻndiradi, roziligini sotib oladi yoki oʻzini NATOdan haydaydi deb aytishi mumkin.
Biroq, birinchidan, Rossiyaning S-400 tizimlari masalasida Gʻarb haligacha Anqarani oʻz pozitsiyasini oʻzgartirishga majbur qila olmadi. Bu yoʻlda esa katta saʼy-harakatlar qilindi. Ikkinchidan, va bu yanada muhimroq, gap turklarning roziligi bilan oxir-oqibatda Shimoliy Atlantika alyansini belgilangan tartib asosida kengaytirishda emas.

Masala vaziyatning oʻzida

Turkiya amerikaliklar va yevropaliklar uchun har qachongidan ham muhim vaziyatda
"yomon Rossiyaga" qarshi butun dunyoni birlashtirmoqchi boʻlgan vaqtda noqulay ahvolga solib qoʻydi. Aslida butun dunyoni Rossiyaga qarshi qilish Gʻarb gegemonlarining qoʻlidan shundoq ham kelmayapti - ular koʻkka koʻtarib maqtanilgan “butun dunyo” bir nechta satellit mamlakatlar va Gʻarbning oʻzi bilan cheklanib qolmoqda. Endi boʻlsa Anqara qoʻzgʻolon koʻtardi va atlantikachilarning “harbiy yuragida” boʻlinishga olib keldi.
Buni jiddiy qabul qilmaslik - notoʻgʻri boʻladi. Turkiya uzoq yillar davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston va dunyoning oʻnlab davlatlari bilan bir xil mantiqda izchil harakat qilib kelmoqda:
Turkiya oʻz suvereniteti va milliy manfaatlarini himoya qilish yoʻlida markazlashgan Gʻarb va AQSH gegemonligiga putur yetkazmoqda. Bu maʼnoda, Erdoʻgʻanning Putin, Si yoki Modidan farqi - faqat biroz avantyurizmga moyilligidir. Buni hozirgi vaziyat ham koʻrsatmoqda.
Ushbu voqealar fonida Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qoʻshilish qarori ayniqsa namunali tuyuladi. Bu AQSH uchun oʻzini qurbon qilishga muloyimlik bilan rozi boʻlgan sayyoradagi yagona mintaqa - Yevropaning oʻz joniga qasd qilishiga bundan yorqinroq ramz topish qiyin.
Oʻn yillar davomida koʻplab geosiyosiy boʻronlarda oʻz muvozanatini saqlab kelgan ikki neytral davlat barchaning koʻz oldida vayron boʻlayotgan tizim foydasiga qaror qabul qildi.
Agar Stokholm va Xelsinki asr boshida Shimoliy Atlantika alyansining aʼzosi boʻlishga qaror qilganda, tushunarli boʻlar edi, taʼbir joiz boʻlsa, Sovuq urush va global gegemon gʻolibiga qoʻshilgan boʻlar edi. Rossiya Boltiqboʻyi respublikalarining NATOga qoʻshilishini qabul qilganidek, bunga ham qarshi tura olmasdi.
Ammo, shvedlar va finlar tizimning qulayotgan paytda betaraflikdan xalos boʻlishga qaror qilishdi. Ularga qoʻyilayotgan yagona talab - Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazish. Ushbu yoʻlda ular oʻzlarini qurbon qilishi kerak (birinchi navbatda iqtisodiy maʼnoda) va bu muqarrar.Ular bunday uslubda Moskvaga hech qachon jiddiy zarar yetkaza olmaydi, lekin oʻzlariga - istalgancha.
Qadimgi hikmatlarda, agar Xudo jazolamoqchi boʻlsa, birinchi navbatda aqldan mahrum qiladi, deyiladi. Koʻp asrlar davomida zamonaviy tsivilizatsiya markazi boʻlgan Yevropa mintaqasining bugungi harakatlarida biz bunga yanada koʻproq amin boʻlmoqdamiz...
Yangiliklar lentasi
0