Hodisalar

Moʻynoqdagi qamishzorlarda yuzaga kelgan yongʻin haqida maʼlumot berildi – video

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishTusheniye lesnыx pojarov v Yakutii
Tusheniye lesnыx pojarov v Yakutii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yongʻin natijasida Zaliyev koʻlida 0,5 gektar maydondagi qamishzor yonib ketgan.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Moʻynoq tumanida joylashgan qamishzorlarda yongʻin yuzaga kelgani haqida xabar yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 17 may kuni soat 20:00 da tumandagi Zaliyev koʻlidagi qamishzorda yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgan.
“Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 20:40da yetib bordi va 21:05 da yongʻin bartaraf etildi”, - deyiladi xabarda.
Aniqlik kirtilishicha, yongʻin oʻchirish qismidan yongʻin sodir boʻlgan manzilgacha masofa taxminan 30 kmni tashkil etadi.
Ayni vaqtda yongʻin sabablari aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0