https://oz.sputniknews-uz.com/20220518/moynoqqa-borib-ishlagan-shifokor-oyligiga-200-ustama-tolanadi-24631933.html
Moʻynoqqa borib ishlagan shifokor oyligiga 200% ustama toʻlanadi
Moʻynoqqa borib ishlagan shifokor oyligiga 200% ustama toʻlanadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib ishlaydigan shifokorlarning maoshiga har oy qoʻshimcha 100 va 200 foiz miqdorida ustama toʻlab beriladi. 18.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-18T10:46+0500
2022-05-18T10:46+0500
2022-05-18T10:46+0500
jamiyat
prezident farmoni
qoraqalpogʻiston
ustama
maosh
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/1e/19481045_0:9:3167:1790_1920x0_80_0_0_688d78cbf752a1c47da2cf823f37eefa.jpg
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Moʻynoqga borib ishlaydigan shifokorlarga davlat 200 foiz miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama toʻlovlarini toʻlab beradi. Bu haqda prezident imzolagan tibbiyot xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga oid farmonida nazarda tutilgan.Hujjatga koʻra, 1 iyundan boshlab oliy va birinchi malaka toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshiga 15 foiz, ikkinchi malaka toifasi bor yoki boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlariniki 10 foiz hamda boshqa xodimlarning oylik maoshi 15 foizgaoshiriladi.Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar 1 million soʻmgacha maxsus oylik ustamalar oladi.Oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga 30 foizigacha oylik qoʻshimcha ustamalartoʻlanadi.Yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama oladi.1 sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigachava fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.Shifokor ushbu ustamani olish uchun boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim.Qolaversa, barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkaziladi. Tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va kontsert tomoshalariga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/1e/19481045_6:0:2737:2048_1920x0_80_0_0_61cd85928e2d758dc2770083311e239d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
prezident farmoni, qoraqalpogʻiston, ustama, maosh
Moʻynoqqa borib ishlagan shifokor oyligiga 200% ustama toʻlanadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib ishlaydigan shifokorlarning maoshiga har oy qoʻshimcha 100 va 200 foiz miqdorida ustama toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Moʻynoqga borib ishlaydigan shifokorlarga davlat 200 foiz miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama toʻlovlarini toʻlab beradi. Bu haqda prezident imzolagan tibbiyot xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga oid
farmonida nazarda tutilgan.
Hujjatga koʻra, 1 iyundan boshlab oliy va birinchi malaka toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshiga 15 foiz, ikkinchi malaka toifasi bor yoki boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlariniki 10 foiz hamda boshqa xodimlarning oylik maoshi 15 foizgaoshiriladi.
Shuningdek, davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigachahamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar toʻlab beriladi.
Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar 1 million soʻmgacha maxsus oylik ustamalar oladi.
Oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga 30 foizigacha oylik qoʻshimcha ustamalartoʻlanadi.
Yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama oladi.
1 sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigachava fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Belgilab qoʻyilsinki, 2022 yil 1 iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak, Boʻzatov, Shumanay, Qoʻngʻirot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Moʻynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama toʻlovlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, - deyilgan farmonda.
Shifokor ushbu ustamani olish uchun boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim.
Qolaversa, barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkaziladi. Tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va kontsert tomoshalariga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi.