Iqtisod

Muomaladagi naqd pul miqdori rekord darajada koʻpaydi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Muomaladagi naqd pul miqdori oʻtgan oyga nisbatan 5,3 trln soʻmga koʻpayib, 2013 yildan beri rekord darajaga yetdi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Joriy yilning 1 may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori 33,1 trln soʻmga teng boʻldi. Bundan Markaziy bank keltirgan raqamlar darak bermoqda.
Shu tariqa muomaladagi naqd pul miqdori oʻtgan oyga nisbatan 5,3 trln soʻmga koʻpayib, 2013 yildan beri rekord darajaga yetgan.
Bundan avvalgi eng koʻp miqdor 2020 yilning avgustiga toʻgʻri keladi. Oʻshanda muomaladagi naqd pul miqdori 29,5 trln soʻm boʻlgan.
Oʻtgan oyda faqatgina naqd pul emas, balki pul agregatlarining deyarli barcha komponentlari sezilarli darajada oʻsgan.
1 may holatiga koʻra, keng maʼnodagi pul massasi 12,5 trln soʻmga oshgan holda 145,2 trln soʻmni tashkil qildi. Milliy valyutadagi pul massasi esa 12,9 trln soʻmga koʻpayib, 101,3 trln soʻm boʻlgan.
Pul massasining oʻsishi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarning oʻsishiga ham turtki boʻlgan. Ushbu qoldiq oy davomida 6,3 trln soʻmga oʻsgan va 21,8 trln soʻmga yetgan.
Soliq tushumlari oshdi
Yangiliklar lentasi
0