Madaniyat

Oʻzbekistonning eng ommabop muzeylari maʼlum boʻldi

© MyTashkentDom-muzey Fayzullы Xodjayeva v Buxare
Dom-muzey Fayzullы Xodjayeva v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan muzeylar eng ommabop muzeylar top 5 taligiga kirdi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekistondagi eng ommabop muzeylar top 5 taligida Samarqand davlat badiiy muzey qoʻriqxonasi birinchilikni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan top 5 ta muzeylar:
1. Samarqand davlat badiiy muzey qoʻriqxonasi – 683,9 ming kishi
Muzey-qoʻriqxona 1982 yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga 8 ta muzey, 6 ta tarixiy obida va 2 ta ziyoratgoh kiradi. Muzey-qoʻriqxona fondlarida 211 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda.
© Press-slujba prezidentaFreska v muzeye "Afrosiab" v Samarkande
Freska v muzeye Afrosiab v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Freska v muzeye "Afrosiab" v Samarkande
2. Buxoro davlat badiiy meʼmorchilik muzey qoʻriqxonasi – 399,4 ming kishi
Muzey 1922 yilda tashkil topgan. Muzey qoʻriqxona jamgʻarmasi 63 mingdan ortiq. Umumiy maydoni 8320 kv. m teng. Muzey qoʻriqxonaning 94 zalida 28 ta mustaqil ekspozitsiya Buxoroning rivojlanish bosqichlari, jahon sivilizatsiyasi, maʼnaviy madaniyati va diniy qadriyatlariga qoʻshgan hissasi va hozirgi kunda erishilgan muvaffaqiyatlaridan hikoya qiladi.
© varandejKompleks "Sitorai Moxi xossa" v Buxare i pavlinы
Kompleks Sitorai Moxi xossa v Buxare i pavlinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Kompleks "Sitorai Moxi xossa" v Buxare i pavlinы
3. Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi – 211,9 ming kishi
Arxeologik qazishmalar natijasiga koʻra, “Ichan qalʼa” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo boʻlgan. Ichan qalʼa-Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Tarixiy qalʼa koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni oʻz ichiga olgan. Unga 4 ta darvoza (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.
© Commons.wikimedia / PatrickringgenbergZapovednik "Ichan Kala" . Gorod Xivы
Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Zapovednik "Ichan Kala" . Gorod Xivы
4. Temuriylar tarixi davlat muzeyi – 86,5 ming kishi
Muzey 1996 yil Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Amir Temur hiyoboniga tutash hududda barpo etilgan. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan qandilning ogʻirligi ikki tonnadan oshadi. Muzeyda Markaziy Osiyoning ilk Uygʻonish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar oʻrin olgan.
© Flickr / Robert WilsonGosudarstvennыy muzey istorii Temuridov
Gosudarstvennыy muzey istorii Temuridov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Gosudarstvennыy muzey istorii Temuridov
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat muzeyi – 48,3 ming kishi
Ushbu muzey dunyoda qiymati boʻyicha Sankt-Peterburgdagi Davlat Rus muzeyidan keyin ikkinchi rus avangardi kollektsiyasiga ega. Muzeyda arxeologik meros obʼyektlarining yirik kollektsiyasi, shuningdek Markaziy Osiyoning xalq, amaliy va zamonaviy sanʼat asarlari ham saqlanadi.
Muzey 1966 yilda tashkil etilgan boʻlib, u yerda 100 000ga yaqin sanʼat asarlari va artefaktlar mavjud.
© Press-slujba muzeya imeni SavitskogoOtkrыtiye ekspozitsii k dnyu rojdeniya Igorya Savitskogo v Nukuse
Otkrыtiye ekspozitsii k dnyu rojdeniya Igorya Savitskogo v Nukuse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Otkrыtiye ekspozitsii k dnyu rojdeniya Igorya Savitskogo v Nukuse
Bugungi kunda Respublika muzeylari fondlarida jami 2 553 056 ta muzey ashyosi va kollektsiyasi mavjud.
Eslatib oʻtamiz, 1 yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, muzeylarga oʻtgan yilda 3 158 928 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
Bugun Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat koʻrsatadi.
Afrasiab - muzey istorii Samarkanda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Madaniyat
Yetti moʻʼjiza: Oʻzbekistonning qadriga yetilmagan muzeylari
Yangiliklar lentasi
0