"O‘zgidromet" tog‘li hududlarda jala yomg‘irlar yog‘ishi haqida shoshilinch axborot tarqatdi

© pixabay.com/Ri_YaDojd-kapli-dojdya-kapli-steklo
Dojd-kapli-dojdya-kapli-steklo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishiga ko‘ra 18-23 may kunlari tog‘li hududlarda shamol tezligi 15-20 m/soniyaga yetishi hamda kuchli jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 18-may - Sputnik. "O‘zgidromet" 18-23 may kunlari O‘zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo haqida shoshilinch axborot tarqatdi. Unda aytilishiga ko‘ra ushbu kunlarda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir, kuchli jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin.
Xususan, 18-23 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0