Tojikiston IIV aksilterror operatsiyasini boshladi

© Sputnik / © SputnikPogranichniy post, arxivnoe foto
Pogranichniy post, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, uyushgan jinoiy guruh a’zolari Ro‘shon tumanidagi davlat chegarasidagi Dushanbe – Kulma avtomobil yo‘lini noqonuniy yopib qo‘ygan.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Tojikiston IIV Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati Ro‘shon tumanida aksilterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 17-may kuni uyushgan jinoiy guruh a’zolari ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida Ro‘shon tumanidagi davlat chegarasidagi Dushanbe – Kulma xalqaro avtomobil yo‘lini qonunga xilof ravishda yopib qo‘ygan.
Jinoyatchilar xalqaro terrorchilik tashkilotlari ko‘magida xorijda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar qo‘lga kiritgan, shuningdek, terrorchilik harakatlari va boshqa provokatsiyalarni amalga oshirish uchun xorijiy yollanma askarlarni jalb qilgan.
IIV bu harakat konstitutsiyaviy tuzum asoslariga qarshi qaratilganini qayd etgan. Uyushgan jinoiy guruhlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni topshirish bo‘yicha qonuniy talablarini bajarmagan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan.

“Dushanbe – Kulma xalqaro avtomobil yo‘lining Rushon tumanidagi qismida fuqarolar xavfsizligi, jamoat tartibini ta’minlash va transport vositalarining to‘siqsiz harakatini tiklash bo‘yicha aksilterror operatsiyasi boshlandi”, - deyilgan xabarda.

Hozircha qo‘lga olinganlar va jabrlanganlar haqidagi ma’lumot berilmagan.
Yangiliklar lentasi
0