Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Tomir tortishi qanday kasallikning alomati boʻlishi mumkin?

© Depositphotos / K.D.PDevushka potirayet ustavshiye nogi
Devushka potirayet ustavshiye nogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shifokor tomir tortishi qaysi kasalliklar alomati boʻlishi mumkinligini aytdi.
Shifokor –nevrolog, tibbiyot fanlari doktori Gennadiy Jdanov tomir tortishi qaysi kasalliklar alomati boʻlishi mumkinligini aytdi. Bu haqida RIA Novosti maʼlum qildi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, tomir tortishi jins, yoshdan qatʼiy nazar barchada kuzatilishi mumkin. Biroq 65 yoshdan soʻng u tez-tez sodir boʻladi.
“Odatda tomir tortishi tunda, uyqu vaqtida, undan oldin yoki tongda, uygʻongandan soʻng sodir boʻladi. Bir necha soniya va daqiqa davom etishi mumkin. Tomir tortishidan keyingi ogʻriq va noqulayliklar bir necha soat va kunga davom etish ehtimoli bor. Tortishish tananing har bir aʼzosida boʻlishi mumkin. Odatda, oyoq, qoʻl, qorin old devori va qovurgʻa orasi mushaklarida kuzatiladi. Statistikaga koʻra, 75% tomir tortishi tungi vaqtda, oyoq sohasida sodir boʻladi”,- deydi shifokor.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, tomir tortishiga quyidagilar sabab boʻladi:
suvsizlanish;
sovuq qotish;
shoʻr ovqat isteʼmol qilish;
mushaklarning ortiqcha yuklama bilan ishlashi;
tananing uzoq vaqt noqulay holatda turishi;
notoʻgʻri poyabzal kiyish yoki yassioyoqlilik;
vitaminlar yetishmasligi;
spirtli ichimliklar;
chekish;
ovqatdan zaharlanish.
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, tomir tortishi varikoz, oyoq arteriyalari aterosklerozi, yurak faoliyatining buzilishi, qalqonsimon bez, boʻyrak kasalliklarining alomati boʻlishi mumkin. Shuningdek, semizlik va infektsion kasalliklar sabab ham tomir tortadi.
Mutaxassis bunda qanday choralar koʻrish borasida ham tavsiyalar bergan. Agar oyoq mushaklari qattiq tortilgan boʻlsa, ikkala qoʻl bilan oyoq barmoqlarini mahkam ushlash va oʻziga tortish kerak - bu bilan barmoqlar va mushaklardagi tortishishni yoʻqotish mumkin. Shuningdek, tortilgan tomirni chimchilab qoʻyish yoki massaj qilish ham yaxshi natija beradi. Tortishish oʻtgandan soʻng, qon aylanishi va takrorlanish xavfini kamaytirish uchun oyoqlarni koʻtargan holda yotish lozim.
Tomir tortishini oldini olish uchun shifokor oʻrtacha jismoniy faollik, ish va dam olish rejimiga rioya qilishni maslahat bergan. Bundan tashqari, tarkibida kaltsiy, magniy va kaliy boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish, yogʻli, achchiq, juda shirin va shoʻr taomlarni isteʼmol qilishdan tiyilish lozim. Muntazam massaj va qulay poyabzal ham noxush holatning oldini oladi.
Yangiliklar lentasi
0