Jamiyat

Toshkentning qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi

© Foto: Toshkent shahri hokimligiToshkent shahrining qadimiy darvozalarini tiklash
Toshkent shahrining qadimiy darvozalarini tiklash - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ishchi guruh poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlarini olib bormoqda.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, qadimiy darvozani tiklashda tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislari jalb qilingan.
Shahar hokimligida tegishli davlat tashkilotlarining masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-kontseptsiyalarini puxta ishlab chiqish maqsadida uchrashdi. Unda bugungacha bajarilgan ishlar koʻrib chiqilgan.
19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qalʼa devori bilan oʻralgan. Har bir darvoza oʻsha hududning qadimiy nomi, markaziy koʻchaning nomlanishi yoki qaysi yoʻnalishda joylashganligiga qarab atalgan. Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sagʻbon, Chigʻatoy, Koʻkcha, Samarqand, Kamolon, Beshyogʻoch, Koʻymas, Qoʻqon, Qashqar va boshqalar.
CC0 / Wikipedia commons / Plan Tashkenta 1865 goda
Plan Tashkenta 1865 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Plan Tashkenta 1865 goda
Maʼlumot uchun, XVIII asrda Toshkentni bosqinchilar hujumidan himoya qilish maqsadida uning atrofi 8−20 metr balandlikdagi devor bilan oʻralgan. Devorning 12 joyiga oʻrnatilgan darvozalar tongda ochilib, shomda yopilgan.
Har bir darvoza kalitida tegishli darvozaning nomi va kalit yasalgan yil yozilgan.
1865 yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, podsho hukumatiga tobelik ramzi sifatida 12 ta darvozaning ramziy oltin kalitlari yasalgan. Kalitlar Sankt-Peterburg harbiy muzeyda saqlangan. Oltin kalitlarni Toshkentning pichoqchilik mahallasida yashovchi Abdurahmon ismli zargar yasagan.
1933 yilda tarixiy toʻrtta ramziy kalitlar Oʻzbekistonga qaytarib berilgan.
Kalitlarning faqat bittasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida, qolgan 11 tasi Oʻzbekiston TIV milliy bankida saqlanmoqda.
1890 yilda Toshkentda yangi shahar barpo etila boshlangach, tarixiy darvozalari asta-sekin buzib tashlangan.
Uning ayrim darvozalarigina tarixiy obida sifatida Fanlar akademiyasining Tarix muzeyida saqlanmoqda.
© Sputnik / RIA NovostiSheyxanturskaya chast goroda Tashkenta.
Sheyxanturskaya chast goroda Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Sheyxanturskaya chast goroda Tashkenta.
Yangiliklar lentasi
0