Jamiyat

Yangi oʻquv yili uchun OTMga qabul kvotalari eʼlon qilindi

© SputnikSdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022/2023 oʻquv yili uchun bakalavrlar tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga —76 728 nafar, sirtqi taʼlim shakliga — 27 365 nafar talaba qabul qilinishi mumkin.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekistonda OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi eʼlon qilindi. Unga koʻra, endi toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibi joriy etiladi.
Qaror loyihasiga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
Bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
kunduzgi taʼlim shakliga —76 728 nafar;
sirtqi taʼlim shakliga — 27 365 nafar;
kechki taʼlim shakliga — 2 575 nafar;
masofaviy taʼlim shakliga— 3 610 nafar;
magistrlar tayyorlash boʻyicha — 11 082 nafar;
xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha — 100 nafar etib tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmachisi sifatida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilanadi. Shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibi joriy etiladi.
Bundan tashqari, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda taʼlimning masofaviy shakli joriy etiladi. Moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
Davlat OTMlari toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish 15 iyundan 15 iyulga qadar (15 iyul kuni ham) boʻlgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi:
- bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatdan oʻtish 15 iyunidan 5 iyuliga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshirish;
- test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Magistraturada tahsil oluvchi xotin qizlarning toʻlov-kontrakt pullari:
- 2021/2022 oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 oʻquv yili uchun;
- 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, respublika davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning oʻqishi uchun kontrakt toʻlovlari davlat byudjetidan qoplab boriladi.
Test sinovlari uchun toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi
Yangiliklar lentasi
0