Rossiya

Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashyapti

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishIrina Viner-Usmanova i Alisher Usmanov
Irina Viner-Usmanova i Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Forbes" maʼlumotlariga koʻra, milliarder Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Moskvaning Krilatsk tumani sudyasi tadbirkorning daʼvosini 7 iyun kuni koʻrib chiqadi. Sudning aniqlik kiritishicha, Usmonov ushbu fuqarolik ishida daʼvogar, Viner-Usmonova esa javobgar hisoblanadi.
Alisher Usmonov Viner-Usmonova bilan ajrashish uchun birgalikda sotib olingan mulk boʻyicha hech qanday masala hal etilmaydigan va faqat nikoh rasman buziladigan shaklda ariza bergan.
Tomonlar vakillari oʻrtasidagi suhbat bugun boʻlib oʻtgan, shundan soʻng er-xotinlarga yakuniy qaror qabul qilish uchun taxminan ikki hafta vaqt berilgan.
Maʼlumot uchun, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner-Usmonova 1992 yilda turmush qurgan. Ularning farzandlari yoʻq. "Forbes" maʼlumotlariga koʻra, Usmonovning boyligi 15,7 milliard dollarga baholanadi.
Yangiliklar lentasi
0