Dunyoda

Erdogʻan Ukraina sabab Putin bilan munosabatlarni uzmasligini aytdi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Meni janob Putin bilan ham, Zelenskiy bilan ham aloqalarni uzish niyatim yoʻq - Erdogʻan.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻan payshanba kuni Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarni uzish niyatida emasligini aytdi.
“Biz Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham munosabatlarda muvozanatli siyosat yuritmoqdamiz. Meni janob Putin bilan ham, Zelenskiy bilan ham aloqalarni uzish niyatim yoʻq. Men maxsus vakilimni Moskvaga ham, Kiyevga ham yubordim. Biz siyosatimizni davom ettiramiz, yangi jahon urushi hech kimga foyda keltirmaydi”, - dedi Erdogʻan Anqarada turk yoshlari bilan uchrashuvda.
Turkiya prezidentining soʻzlariga koʻra, u Ukrainadagi vaziyat boʻyicha “Putin va Zelenskiy bilan telefon diplomatiyasini davom ettirish” niyatida.
Shu bilan birga, u uchrashuvda bir necha bor Anqara Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berishdan bosh tortishga qodir emasligini taʼkidladi.
“Tabiiy gazning 50 foizini Rossiyadan olamiz. Biz uchun bu strategik masala va bu strategik munosabatlar. Biz ularni buza olmaymiz”, - dedi Erdogʻan.
Turkiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini qoʻllab-quvvatlamaydi.
“Doʻstlarimizga Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻq deyishimizni aytdik. Va biz bunga amal qilishda davom etamiz. Terrorchilarni himoya qilgan davlatlarning NATOda boʻlishiga yoʻl qoʻymaymiz. Bu davlatlar Kurdiston ishchilar partiyasi va “Xalq himoyasi boʻlinmalari”ning vatani, - dedi Erdoʻgʻan.
Yangiliklar lentasi
0