Iqtisod

IT Park rezidentlari soni va eksporti hajmi keskin oshdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBuxarskiy filial IT-parka
Buxarskiy filial IT-parka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
IT Park rezidentlari eksporti hajmi oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshib, 17,3 million dollarni tashkil etdi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Shu yilning 1-chorak yakunlari boʻyicha IT Park rezidentlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 814 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu haqda IT Park xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, IT Park rezidentlari eksporti hajmi barqaror oʻsishda davom etmoqda. Rezidentlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 186 foizga oʻsgan.
“IT Park rezidentlari eksporti hajmi oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi va 17,3 million dollarni tashkil etdi”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga eksportning 85,2 foizi AQShga, qolgani Buyuk Britaniya, Koreya, MDH mamlakatlari va BAAga toʻgʻri kelmoqda.
Yil oxiriga kelib eksport hajmi 100 million dollarga yetishi kutilmoqda.
Hozirda rezidentlar soni 588 ta kompaniyani tashkil etmoqda.Bu koʻrsatgich oʻtgan chorakka nisbatan 130 foizga koʻp. Ularning 479 tasi Toshkentda, qolgan 109 tasi viloyatlarda roʻyxatga olingan.
Rezidentlar faoliyat yuritayotgan sohalar:
dasturiy taʼminot;
maʼlumotlarni qayta ishlash;
biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
IT sohasi va IT eksportini oʻrgatish.
Birinchi chorakda 80 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi, shu tariqa, tegishli davrga nisbatan oʻsish surʼati 200 foizni tashkil etdi.
Rezident maqomidan mahrum boʻlgan kompaniyalar ham yoʻq emas. Maʼlum qilinishicha, 14 ta kompaniya rezident maqomidan mahrum qilingan, 43 tasiga rezident boʻlish rad etilgan.
Shu yilning 1-choragi yakuni boʻyicha rezident korxonalarda 11,8 ming kishi ish bilan taʼminlandi. Ish oʻrinlari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 184 foizga koʻpaydi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mintaqaviy IT markazga aylanishi kerakligini maʼlum qilgan edi.
Maʼlumot uchun, sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar, oʻquv markazlari va rezidentlarga bir qator imtiyozlar berilgan. Ularga daromad soligʻi 7,5% etib belgilangan. Shuningdek, korporativ soliq, yagona ijtimoiy toʻlovlar va oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirishda bojxona toʻlovlari mavjud emas.
Yangiliklar lentasi
0